Samarqandda ötayotgan Özbekiston iqtisodiy forumining birinçi yalpi majlisida sözlagan Osiyo taraqqiyot banki vitse-prezidenti Şiksin Çen öz nutqida mamlakatdagi ta’lim va tibbiyotni modernizatsiya qilişning muhimligini ta’kidladi. Bu haqda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
“Özbekistonda 2020 yilgi pandemiya şaroitida ham islohotlar amalga oşirildi, bu esa mamlakatdagi iqtisodiy ösişni ta’minlaşga yordam berdi. Bu yutuqlarga asoslanib, Osiyo taraqqiyot banki yaqinda Özbekistonga iqtisodiyotni va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş uçun 500 million dollar miqdorida moliyaviy kömak ajratişni ma’qulladi.
Mamlakatdagi keyingi islohotlar ta’lim va soğliqni saqlaşni rivojlantiriş va modernizatsiya qilişga qaratilişi kerak.
Bu – raqamli iqtisodiyotdagi dolzarb vazifalarning kuçayişi, demografik dividend va Özbekistonda yoşlarning yuqori uluşi mavjudligi, fan, texnologiya va injiniring rolini kuçaytiriş zarurati bilan boğliq”, – dedi Şiksin Çen.








