Bir qaraşda bu ayolga ham havasi, ham hasadi keladi odamning. Öquvçilarining sevimli ustozi, şirindan-şakar farzandlarning onasi, sevimli rafiqa. Qizi tanlagan beşta oliygohining barçasiga birinçi urinişdayoq davlat granti asosida öqişga kirdi. Öğli Prezident maktabi bitiruvçisi.
Özi ham kasbi, mehnati ortidan goh respulika, goh viloyat tanlovlarida ğoliblikni qölga kiritadi. “Xalq ta’limi a’loçisi” bölgan bu ayolning nima kami bor? Gözal oilasi, ahil jamoasi... Ammo bir qaraşd aytişni lozim bilmaydigan, yuragiga kömib yuborgan dardlari borligiga birov işonmaydi. Çunki ayolning tilidan şukrona, yuzidan tabassum arimaydi.
Palaxmon toşi
Dono xalqimizning “Qiz bola – palaxmon toşi” degan naqli men uçun aytilgan ekanmi, mahallamga kelin bölişimga qaramasdan, turmuş qurganimga hali ön kun bölmay turib, rizq-nasiba deya kelinlik uyimdan uzoq viloyatga yöl oldim.
Sababi oddiy: turmuş o‘rtoğimning işi şu yoqda. Musofirlikning birinçi kunidan sinovlar boşlandi. Poyezddan tuşib, maşina topolmagaç, tuni bilan vokzal hovlisida qolib ketganmiz. Notaniş joy, heç kimni tanimaymiz. Turmuş o‘rtoğimning qo‘nğiroği bilan tunda yo‘lga çiqqan bir kişi (yangi qöşni) yetib keldi.
Yaxşi hamki, yaxşi odamlar bor…
Ertasi kuni notaniş olam quçoq oçib kutib oldi. Bir hafta ötib, ya’ni avgustning oxirida turmuş örtoğimga işga çiqiş niyatim borligini aytdim. Avvaliga “hali bu yerlarga örganmagansan, bu yil işga çiqmay qöya qol” dedilar. Keyin yana nimalarnidir öyladilar, şekilli, dam oliş kunida turmuş örtoğim meni olib maktabga bordi. Afsuski, qaysi maktabga bormaylik, böş iş örni yöqligidan izimizga qaytişga majbur böldik. Bir neça kun ovora böldik, lekin foydasi bölmadi.
Öquv yili ham boşlandi. Özim uyda yolğiz. Yöl bilmayman, heç kimni tanimayman. Bu holat aslida köp qavatli uylarda yaşaydiganlar uçun juda taniş. Quyoş çiqib botgunça ham vaqt millari yurgani sezilmaydi. Kunning uzunligini şu qadar his etdimki, nazarimda «dom»ning devorlari ham menga möltirab qarayotgandek körinadi. Turmuş örtoğim ham şularni öylab işlaşimga rozi bölgan bölsa kerak.
Şaharda özbek maktabi bilan bir qatorda rus, qozoq maktablari ham bor edi. Sentabr oyi örtalarida “çiqmagan jondan umid” deb qöşni ayol bilan qozoq tilida ta’lim beriladigan maktab eşigini taqillatdim. Maktab direktori xuddi meni uzoq vaqtdan beri kutib turgandek qabul qildi:












