
Davlat rahbari sözi avvalida barçani uşbu voqea bilan tabriklab, loyiha ahamiyati haqida gapirdi.
- Bizning öz yölimiz, niyatlarimiz, rejalarimiz bor. Bugun qilayotgan tarixiy işlarimiz özining katta natijasini berişiga işonamiz. Ana şu işonç bizga kuç-qudrat beradi, - dedi Şavkat Mirziyoyev.
Kutilayotgan anjumanlardan eng nufuzlisi Yoşlar örtasidagi Osiyo va Paraosiyo öyinlaridir. Bu musobaqalar 2025 yilda Toşkentda ötkaziladi. Unda qit’amizdagi 45 mamlakat yoşlari 20 ga yaqin sport turi böyiça bellaşadi. Bunday nufuzli xalqaro musobaqa Özbekiston tarixida birinçi marta taşkil etiladi. Uni yuqori saviyada ötkaziş maqsadida zamonaviy Olimpiya şaharçasini quriş loyihasi işlab çiqildi. Davlat rahbari bu loyiha bilan bir neça bor tanişib, körsatmalar bergan. Bu tavsiyalar boş loyihaçi – Xitoyning CAMC Engineering kompaniyasi bilan takomilga yetkazildi.

– Olimpiya şaharçasi xalqimizning yuksak bunyodkorlik salohiyati va özbek sportining olamşumul yutuqlari ramziga aylanişiga işonaman. Bu maskan me’moriy jihatdan mukammal, energiya tejamkor va eng ilğor innovatsion yeçimlarni mujassam qilgan zamonaviy majmua böladi, – dedi Şavkat Mirziyoyev.
Uşbu loyihaning qiymati 289 million dollardan ziyod. Şaharça maydoni 100 gektar. Bu yerda 10 ming örinli yengil atletika va futbol stadioni, 6 ta yopiq va 7 ta oçiq sport inşootlari, suv sporti saroyi, velotrek, yakkakuraş, jamoaviy sport majmualari barpo etiladi.

– Agar şonli tariximizga nazar solsak, ota-bobolarimiz kelgusi avlodlar uçun uluğvor imoratlar barpo etganiga guvoh bölamiz. Biz ham ajdodlarimizning mana şunday ezgu an’analarini munosib davom ettirib, mamlakatimizda ulkan bunyodkorlik işlarini amalga oşirmoqdamiz. Albatta, bunday yirik loyihalar köpçilikning birgalikdagi sa’y-harakati, mehnatkaş xalqimizning faol iştiroki bilan yuzaga çiqadi, – deya ta’kidladi prezident.
Majmua musobaqalardan söng böşab qolmaydi. Keyinçalik bu yerda Sportni rivojlantiriş vazirligi, sport federatsiyalari va Özbekiston davlat sport akademiyasi faoliyat körsata boşlaydi. Majmualarda fuqarolar ham sport bilan şuğullanişi mumkin böladi.













