“Tadbirkorni istalgan paytda tekşiriş qonuniylaştirildi”
Bizga kelib tuşadigan murojaatlarda soliq organi bilan böladigan munosabatning 10tadan 9tasining oqibati tadbirkorni jazolaşga olib kelyapti. Birinçi navbatda tekşiruvlar qonuniylaştirilişi masalasi. Ya’ni tadbirkorni xohlagan paytda tekşiriş qonuniylaştirib olingan. Oldin tadbirkor qaçon tekşirilişini bilardi – koordinatsiya bölardi va şunga qarab bir yilda qaçon tekşirilişini tadbirkor bilib tayyorgarligini körardi. Yangi soliq kodeksi qabul qilinganida “qizil”, “sariq” va “yaşil” yölaklar – tahlil-tahlika dasturiga qarab tadbirkor qaçon tekşirilişini biladi deyişdi. Hozir kameral tekşiruv, sayyor tekşiruv va soliq auditi bor, joriy yil yakunidan transfer narxlar bitimi böyiça yana tekşiruvga çiqiladi. Transfer qilinadigan narxlar böyiça nazorat qilinadigan bitimlar yuzasidan tekşiruvlarni tahlil qilsangiz, mavjud tadbirkorlik sub’yektlarining 80 foizi tekşiruvga tuşadi.

“Yaşil yölakda turgan tadbirkor tekşiruvga tuşgani haqida faktlar bor”
Kameral tekşiruvga xohlagan payti çiqiladi, hattoki telefon qilişadi-da, “falon summani tölab ber, bölmasa tekşiruvga çiqaman”, deydi. Heç kim çeklov qöymayapti, istagan payti tekşiryapti. “Özi qizil yölakda turgani uçun tekşirildi” deyişi mumkin, ammo “qizil” va “sariq” mayli, “yaşil” yölakda turgan tadbirkorga ham tekşiruvga çiqilayotgani haqida faktlar bor. Nima sabab desangiz, “risk analiz” deydi. Agar VMning 1-sonli qarorini körsangiz, “risk analiz” böyiça soliq idorasining 6 oyda bir marta tekşiruvga çiqişga haqqi bor. Hozir xohlagan payti kameral tekşiruv, ketidan sayyor tekşiruvga çiqişyapti. Sayyor, kameral va soliq auditi oqibatida tadbirkor jazolanadi, yöq deganda, çek bermaganlik uçun jarimaga torsa böladi.
Şaxsini sir saqlaş şarti bilan intervyu bergan tadbirkor qonunda dori vositalariga QQS imtiyozi qöllanişi belgilab qöyilgan bölsa-da, dorixonasidagi barça tovarlar (dorilar ham) parafarmatsevtika deb hisoblanib, soliq idoralari tomonidan “QQS tölaşdan qoçganlik uçun” jarima qöllanganini aytadi.
“Prezident farmoni bilan dorilar 15 foizlik QQSdan ozod bölgan, lekin parafarmatsevtika vositalari ozod qilinmagan. Soliq idorasi bizni dorixona emas, supermarket sifatida köryapti. Soliqdan qoçgansizlar, deb 15 foiz jarimaga tortyapti. Hamma hujjatlarni taqdim qildik, ammo foydasi bölmadi”.












