Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenkoning oilasi işonçli vakili orqali Ispaniyada ikkita yer uçastkasi va villasiga egalik qiladi. Bu haqda 9 noyabr, çorşanba kuni «Vajnyye istorii» naşri xabar berdi. Uning ma’lumotiga köra, umumiy maydoni 2,4 gektar bölgan örmon uçastkalari Kiriyenkolar oilasining işonçli vakili Robert Gndolyanning Bell-67 ispan kompaniyasiga tegişli. Xuddi şu kompaniya Kataloniyadagi Kosta-Bravada villaga egalik qiladi, u haqda "Sobesednik" naşri 2020 yilda Sergey Kiriyenkoning qarindoşlari uçun dam oliş maskani sifatida yozgan.

«Vajnyye istorii» ta’kidlaşiça, Robert Gndolyan Kiriyenkoning öğli - Vladimirning sinfdoşi. Jurnalistlarning qayd etişiça, kiçik Kiriyenko "Rostelekom" vitse-prezidenti lavozimini egallaganidan söng Gndolyan kompaniya şu’ba korxonalaridan birining direktori bölgan. Şuningdek, u katta Kiriyenko tomonidan asos solingan Sarovbiznesbankdagi Vladimir Kiriyenkoning uluşini olgan.

Sergey Kiriyenko prezident ma’muriyatining içki siyosati uçun mas’uldir, uni «Donbass kuratori» deb ataşadi, deya yozmoqda "Vajnyye istorii". 2022 yil martida Kiriyenko Rossiyaning Ukrainaga keng kölamli harbiy bostirib kirişi munosabati bilan AQŞ sanksiyalari ostida qolgan. Kanada, Avstraliya, Yaponiya, Yangi Zelandiya va Ukraina ham amaldorga nisbatan çeklov çoralarini kiritdi. YeI va Buyuk Britaniya avvalroq Sergey Kiriyenkoni Aleksey Navalniyning zaharlanişi bilan boğliq hodisa yuzasidan qora röyxatga kiritgan edi. Rossiya prezidenti ma’muriyati rahbari birinçi örinbosarining öğli 2022 yil fevralidan beri AQŞ sanksiyalari ostida.

2020 yilda «Proyekt» jurnalistik suriştiruvlar portali Sergey Kiriyenkoning Rublyovkadagi uyi haqida yozgandi. Jurnalistlar uşbu obekt «Landşaft» kottej posyolkasidagi qariyb 7000 kvadrat metr maydonda qurilganini aniqladi. Uşbu hududda asosiy binodan taşqari, sport majmuasi va xavfsizlik xodimlari uçun uy joylaşgan.