“Özbekneftgaz” AJ Boşqaruvi raisi Mehriddin Abdullayev mamlakatimiz aholisini va iqtisodiyot tarmoqlarini, ayniqsa kuz-qiş mavsumida tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlaş ustuvor vazifa ekanligini aytib, işga tuşirilgan uşbu obektlar yuqoridagi maqsadlarga xizmat qilişi muqarrar hisoblanişini ta’kidladi.

Muborak boşqarmasining “Özbekneftgaz” AJ tomonidan qazib çiqarilayotgan tabiiy gazdagi uluşi deyarli 45 foizni taşkil qiladi. 2022 yilda boşqarma konlaridan 15,0 mlrd kub metr tabiiy gaz qazib çiqarişi kutilmoqda.

Hududda geologiya-qidiruv işlarini amalga oşirişga alohida e’tibor qaratilib, 2017-2021 yillarda jami 6 ta uglevodorod konlari oçildi (“Çordarbaza”, “Döltatepa”, “Quyi Pomuq”, “Yangi Olot”, “Ijobat”, “Razzoqbobo”) va 74,6 mlrd kub metr hajmda tabiiy gaz hamda 3,1 mln tonna hajmda suyuq uglevodorodlar zaxirasi östirildi.

Joriy yilning yanvar-oktabr oylarida bajarilgan işlar natijasida 2 ta yangi kon oçildi (“Quyi Pomuq”, “Yangi Olot”) hamda 6,2 mlrd kub metr hajmda tabiiy gaz va 356 ming tonna hajmda suyuq uglevodorodlar zaxirasi östirildi. Yil oxiriga qadar bu körsatkiçni 12,0 mlrd kub metrga yetkaziş kutilmoqda. 

Loyiha boş pudratçisi – “Enter Engineering” kompaniyasi tomonidan qisqa muddatlarda qiymati 87,8 mln dollarlik texnologik obekt qurib bitkazildi. Zamonaviy gaz-turbina uskunalari va kompressorlar yetakçi xorijiy kompaniyalar, ya’ni “Baker Hughes”, “Akçelik”, “DenEyr Enerji”, “IGNK”, “Şandong Vintex” va boşqa kompaniyalar tomonidan yetkazib berildi.

Mazkur qurilmani foydalanişga topşiriş natijasida kunlik qöşimça 1 mln kub metr gaz qazib oliş imkoni yaratildi. Şu bilan birga, uzunligi 47 kilometr bölgan “Tegirmon-Somontepa” gaz quvurining qurilişi yiliga 1 mlrd kub metr gazni transportirovka qiliş imkonini beradi.

Ötgan yili “Alan” va “Zevarda” siquv kompressor stansiyalarining işga tuşirilişi, bugun esa “Dengizköl” siquv kompressor stansiyasining foydalanişga topşirilişi közlangan maqsadlarga erişişga yordam beradi.

Yuqoridagi obektlarni qurişga jonbozlik körsatgan 40 dan ortiq işçi va xodimlar, jumladan texnologik uskunalarning işlab çiqaruvlarni jamiyat rahbariyatining taşakkurnomasi hamda esdalik sovğalari bilan taqdirlandi.