Polsha O‘zbekistondan paxta va ipak sotib olish hajmini oshiradi
Varshavada O‘zbekiston va Polsha to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

Foto: Dunyo
Davra suhbatida ma’ruza bilan ishtirok etgan elchi Bahrom Boboyev GSP+ benefitsiar maqomini olish mahalliy to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qiluvchilar uchun zamin yaratishini, bu keyinchalik barqaror o‘sish va eksport mahsulotlari assortimenti diversifikatsiyasini ta’minlashini ta’kidladi. Bu O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasida to‘qimachilik mahsulotlari savdosi uchun YeIda o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlariga nisbatan qo‘llaniladigan tranzit, bojxona va soliq to‘lovlari, ushbu turdagi mahsulot savdosidagi miqdoriy cheklovlarni olib tashlash nuqtayi nazaridan mustahkam huquqiy asos yaratdi.
Polsha vakillari O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari mahsulotlarini to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bo‘yicha mamlakatdagi savdo uylari orqali ilgari surish maqsadga muvofiqligiga e’tibor qaratdilar. Bu xalqaro amaliyot yuksak darajada oqlanadi va mamlakatga tovarlar eksportini sezilarli darajada oshirishni rag‘batlantiradi.
Ular aytishicha, O‘zbekiston korxonalari tayyor mahsulot ishlab chiqarish, shu orqali texnik jihozlanishi va ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish istagi sanoat o‘ziga xos tendensiyasidir. Bu mehnat xarajatlarini kamaytirish va tayyor mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish imkonini beradi.
Polsha kompaniyalari vakillari o‘z korxonalari ehtiyojlari uchun O‘zbekistondan paxta, to‘quvchilik va trikotaj kalava, paxta, ipak va jun gazlama hamda boshqa mahsulotlar yetkazib berilishidan manfaatdor ekanini bildirdi. Ular o‘zbek ishlab chiqaruvchilariga Yevropa boshqa bozorlariga chiqishda yordam berishga tayyor ekanini tasdiqladi.
Polshalik tadbirkorlar o‘zbek to‘qimachilik mahsulotlarini eksport va import qilishdan manfaatdor yirik to‘qimachilik korxonalari va kompaniyalari rahbarlari ishtirokida hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qilish uchun O‘zbekiston vakillarini Varshavaga taklif qilishga tayyor ekanini bildirdi.
Tavsiya etamiz
«Arsenal» «Real»ni YeChLdan chiqarib yubordi. Arteta buni qanday uddaladi va «Madrid»ning muammosi nimada?
Sport | 12:20
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
YeOII Markaziy Osiyo integratsiyasiga monelik qiluvchi omil bo‘lishi mumkin - Farhod Tolipov
O‘zbekiston | 19:45 / 15.04.2025
Inflatsiyani o‘lchash: narxlar qanday kuzatiladi?
O‘zbekiston | 19:31 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Istanbulda Turkiya fuqarosini ruxsatsiz rasmga olgan o‘zbekistonlik deport qilinadi
Jahon | 16:20
-
Hindistonda o‘zbek tili mutaxassisligi bakalavriat dasturiga kiritilishi mumkin
O‘zbekiston | 16:11
-
Bugun Farg‘ona vodiysi «porox bochkasi» emas – Prezident matbuot kotibi
Jahon | 16:11
-
«Vajnyye istorii»: Serbiya Kremlga yaqin shaxslarga fuqarolik beryapti
Jahon | 16:03
Mavzuga oid

16:59 / 08.04.2025
Polsha biznes-missiyasi UzFood 2025 xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etdi

22:00 / 25.03.2025
AQSh Mehnat vazirligi 38 million dollarlik xorijiy yordamni to‘xtatdi

20:13 / 14.02.2025
Fermerlar minimal narxda shartnoma tuzishga majburlanyapti. Sohadagi islohot qarshilikka uchramoqda

20:34 / 20.01.2025