«Ğarbiy frontda özgariş yöq» filmi okopdagi janglardan boşlanadi. Yangi safarbar qilingan askar okopdan çiqib, hujum qiliş uçun yuguradi va öq ovozi eşitiladi — u birinçi öqdayoq halok böladi. Bu Rossiyadagi safarbar qilinganlarning Svatovo yaqinidagi halokatini eslatadi.

Fokus halok bölgan askarga emas, uning harbiy formasiga qaratiladi. Askarlar umumiy qabristonga dafn etiladi. Formalar esa yeçib olib, front ortiga jönatişadi. U yerda esa tozalanib, yangi safarbar qilinganlarga tarqatiladi. Bu yerda öşa harbiy kiyimni maktabni endigina bitirgan, biroq allaqaçon propaganda qurboniga aylangan Paulo Boymer oladi. U bilan jang qiliş iştiyoqida yonayotgan yana uç dösti ham frontga otlanadi.

Foto: Netflix 

Asar tarixi

«Ğarbiy frontda özgariş yöq» asari yozuvçi Erix Mariya Remarkning boşidan ötkazganlari asosida yozilgan romandir. Remark 1916 yilda Germaniya tomondan uruşga safarbar qilinadi va ğarbiy frontga yuboriladi. U bir yil ötmasdanoq jangda oğir yaralanadi va uruş oxirigaça harbiy hospitalda yotadi. Uruşdan söng unga I darajali Temir xoç ordeni beriladi.

«Ğarbiy frontda özgariş yöq» asari birinçi marta 1929 yilning yanvarida alohida kitob sifatida naşr etilişidan oldin, 1928 yildan Berlinning «Vossische Zeitung» gazetasida bölak-bölak qilib çop etilgan. Bugungi kunda ham faoliyat yurituvçi «Ullstein» naşriyot uyi egalari noma’lum muallifning uruş haqidagi romanini heç kim öqişni xohlamasligidan xavfsirab, asarni ommalaştirişda şunday yöl tutişga qaror qilgandi.

Asar ajoyib muvaffaqiyat qozonadi va dastlabki uç oyda Veymar respublikasida (Germaniya) kitobning 500 ming nusxasi sotiladi. Bugungi kunda esa asar 53 tilga tarjima qilingan va umumiy 40 million adadda çop etilgan.

1930 yil roman asosida ilk kinofilm suratga olinadi. Film ham kitob singari katta muvaffaqiyatga erişadi va şu yili «Oskar» mukofotining «Eng yaxşi film» hamda «Eng yaxşi rejissyor» (Lyuis Maylstoun) nominatsiyalarida ğolib böladi.

Biroq Germaniyaning özida Remarkning uruşga qarşi pafosi mamlakatda tobora kuçayib borayotgan öng qanot konservativ, revanşistik mafkura bilan töqnaş keladi.

1930 yil 4 dekabrda allaqaçon «Oskar» mukofotiga sazovor bölgan filmning Germaniyadagi premerasida Yozef Gebbelsning bevosita nazorati ostidagi natsistlarning jigarrang köylakli guruhi haqiqiy tartibsizlik uyuştirişadi: ular zalga «badböy bombalar», aksirtiruvçi kukun va bir töda siçqonlarni taşlaydi.