Bir neça kun oldin Qatarda futbol böyiça navbatdagi jahon çempionati boşlandi. Unda, biz örganib qolgandek, Özbekiston milliy jamoasi yöq. Hozirça dunyodagi birinçi raqamli sport turining birinçi raqamli çempionatida Özbekiston biror marta iştirok eta olmadi – şu paytgaça 8 ta saralaşning heç qaysisidan öta olmadik.
Lekin bilasizmi, bizning futbol böyiça şunaqa terma jamoamiz borki, ularga heç qanaqa şaroit qilib berilmagan bölsa ham, 5 karra jahon çempioni bölişgan. 5 karra! Bu – futbol böyiça Özbekiston amputantlar milliy jamoasi.
Eng qiziği, ular umuman oylik olişmaydi. Kundalik maşğulotlarga ham öz yonlaridan xarajat qilişadi: Toşkentdagi maşğulotlarga kimdir Töytepadan, kimdir Parkentdan, kimdir Jizzaxdan qatnaydi. Va har birlarining öz tirikçiligi bor: birlari kirakaş, birlari dehqon... Biz jahon çempionlari haqida gapiryapmiz, tasavvur qilyapsizmi?
Ular bu yilgi jahon çempionatidan faxrli 3-örinni olib qaytişdi. Qaytib kelişgaç, 10 million sömdan berib, uylariga jönatib yuborişdi. Tasavvur qiling: siz jahon çempionatida bronza medal bilan qaytyapsiz va... köçaga kirakaşlik qilişga çiqib ketyapsiz.
SUBeKTIV loyihasi yangi körsatuvida yillar davomida diskriminatsiyaga uçrab kelayotgan çempion-qahramonlar bilan taniştiradi.







