Dunyodagi birinchi nogiron kosmonavt koinotga uchadi
Dunyoning birinchi para-kosmonavti nomi ma’lum bo‘ldi, u paralimpiya sprinteri Jon Makfoll.

Foto: Reuters
Yevropa kosmik agentligi xabariga ko‘ra, britaniyalik Jon Makfoll kelajakda kosmik parvozlar uchun o‘qitiladigan 17 kishidan iborat yangi otryadga qo‘shildi.
«Bu juda hayratlanarli voqea bo‘ldi, chunki oyog‘i amputatsiya qilingan odam sifatida kosmonavt bo‘laman deb hech o‘ylamagan edim, shuning uchun hayajon juda katta», dedi bo‘lajak kosmonavt jurnalistlarga bergan intervyusida.
40 yoshli Makfoll jiddiy mototsikl halokatidan keyin 19 yoshida o‘ng oyog‘idan ajralgan. Protezlashdan so‘ng u sport bilan shug‘ullanib, Britaniya paralimpiya terma jamoasiga kirdi va 2008 yilda Pekinda bo‘lib o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlarida 100 metrga yugurishda qatnashib, 13,08 soniya natija ko‘rsatib, bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Yevropa kosmik agentligi 2021 yilda nogiron kosmonavt lavozimiga tanlov e’lon qildi. Jami 257 ta ariza kelib tushdi, Jon Makfoll psixologik, kognitiv va jismoniy test natijalariga ko‘ra tanlab olindi.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Milliy universitet huzurida Nazariy fizika instituti tashkil etiladi
O‘zbekiston | 13:45
-
Ekvadorning amaldagi prezidenti saylovlarda g‘alaba qozondi
Jahon | 13:35
-
O‘zbekistonning Bosniya va Xersegovinadagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekiston | 13:25
-
HAMASning omon qolgan tunnellari, Sumi shahriga vayronkor hujum va Bayden sanksiyalarini uzaytirgan Tramp - kun dayjesti
Jahon | 13:23
Mavzuga oid

13:17 / 01.02.2025
Oyda elektr: olimlar kosmik missiyalar uchun yadro reaktorini yaratdi

17:02 / 22.01.2025
Koinotda 33 ming km/soat tezlikdagi shamol qayd etildi - bu rekord ko‘rsatkich

21:07 / 01.01.2025
Koinotdagi chiqindilar Yer orbitasini falaj qilishi mumkin - OAV

16:51 / 16.11.2024