Koinotdagi çiqindilar Yer orbitasiga xavf solmoqda, deb yozdi CNN. Oxirgi tört yil içida koinotga turli jismlarni uçiriş sur’ati keskin ösdi. Bu tahdidli vaziyatni yuzaga keltiradi, dedi Arizona universiteti professori Vişnu Reddi.

Gap Kessler sindromi haqida bormoqda - kosmik kemalarning töqnaşuvi yoki ularning qoldiqlari minglab va minglab yangi, kiçikroq bölaklarning paydo bölişiga olib keladi. Ularning aksariyatini köz ilğamaydi, deb ta’kidladi olim. Kessler sindromining ehtimoliy nazoratsiz rivojlanişi uzoq vaqt davomida raketalar parvozini imkonsiz qilişi mumkin.

Reddi sözlariga köra, geostatsionar orbita alohida xavf tuğdiradi. U taxminan 35 ming kilometr balandlikda joylaşgan bölib, bu yerda televideniye va aloqa yöldoşlari joylaşgan. Agar Kessler sindromi yuzaga kelsa, bu orbitani tozalaş juda qiyin iş böladi.

Yevropa kosmik agentligi ma’lumotlariga köra, 1957 yilda kosmik tadqiqotlar boşlanganidan beri koinotda 650 dan ortiq «portlaş, töqnaşuv yoki parçalanişga olib kelgan anomal hodisalar» sodir bölgan.

Bunday hodisalar qatoriga sun’iy yöldoşlarning tasodifiy töqnaşuvi, raketa va kosmik kema qismlarining kutilmagan portlaşi, AQŞ, Rossiya, Hindiston va Xitoy kabi mamlakatlarda ötkazilgan qurol-yaroğ sinovlari va ular orbitadagi turli balandliklarda parçalarni soçişi kiradi.

Ikki kosmik obekt örtasidagi sönggi yirik tasodifiy töqnaşuv 2009 yil fevral oyida sodir bölgan. Şunda Rossiyaning «Kosmos 2251» harbiy sun’iy yöldoşi Amerikaning Iridium aloqa sun’iy yöldoşi bilan töqnaşdi. Oqibatda diametri taxminan 10 sm bölgan 2 mingga yaqin parçalar ulkan bulutni hosil qildi.