1974 yil 16 noyabrda insoniyat tarixida birinçi marta oçiq koinotga özga sayyoraliklar uçun maqsadli radio xabar — “Aresibo xati” yuborilgandi, deb eslaydi History portali. Xatda nimalar bölgani, uni kim tuzgani va “matn” nima sababdan mazmuni uçun tanqidga uçragani haqida “RBK” maqola çop etdi.

Xabarda nima şifrlab yozilgandi?

Xabar taxminan uç daqiqa davomida 2380 MGs çastotada uzatilgan, unda 1679 bit ma’lumot mavjud bölib, ular 73 satr va 23 ustundan iborat tör şaklida joylaştirilgan, deyiladi National Geographic maqolasida. Uni yaratiş uçun eng oddiy kompyuter kodi — ikkilik sanoq tizimidan foydalanilgan. Maktubda Yerning sanoq sistemasi, DNK strukturasi, şuningdek, Quyoş sistemasida Yerning qayerda joylaşgani körsatilgan. Bundan taşqari, xabarda inson qomati va xat jönatilgan joy — Puerto-Rikodagi Aresibo rasadxonasining tasvirlari ham aks ettirilgan. “Maktub” Yerdan 25 ming yoruğlik yili masofada joylaşgan M13 şarsimon yulduzlar tödasi tomonga yuborilgan.

Qabul qiluvçi xabarni dekodlaşi, ya’ni örnatilgan vizual şablonni şifrdan çiqarişi kerak edi.

Kelgindilarga yuborilgan xat muallifi kim edi?

“Aresibo xati” astronom Frenk Dreykning işi. U maşhur Dreyk tenglamasini yaratgan, bu esa özga sayyoralarda hayot mavjud böliş ehtimolini baholaşga imkon beradi. Kelgindilar uçun xabarni yaratişda fan tarğibotçisi Karl Sagan ham iştirok etgan.

Bundan taşqari, Dreyk loyihaga Kornell universiteti (AQŞ) aspirantlarini jalb etgan. “U menga özining qoralama variantini körsatdi, bu yakuniy variantga juda yaqin edi”, — deydi aspirantlardan biri Riçard Ayzekman.

Nature jurnali yozişiça, uşbu xabar qisman e’tibor tortiş usuli ham bölgan. Aresibo rasadxonasida yirik modernizatsiya işlari endigina yakunlangan, astronomlar teleskopning qudratini namoyiş etmoqçi edi. Dreyk öşa paytda rasadxonani boşqarar, unga mohiyatan yangi ilmiy asbob xotirasini abadiylaştiriş topşirilgandi. Olimning sözlariga köra, ğayrizaminiy ongga xabar yuboriş ğoyasi uning yordamçisi Jyeyn Allendan çiqqan.

Javob oliş ehtimoli juda kam bölsa-da, bu astronomlarning yulduzlararo aloqa haqidagi tasavvurlarini kengaytirdi. “Aresibo xabari” qarama-qarşi aloqa uçun emas, balki insoniyatning koinotga murojaat qila olişini körsatiş uçun yuborilgandi. Agar boşqa aqlli sivilizatsiya mavjud bölsa va tegişli uskunalarga ega bölsa, u bizni eşitişi mumkinligini namoyiş etiş maqsad qilingan.