Ma’lum bölişiça, bugungi kunda umra uçun navbatlar deyarli qolmagan yoki juda tez navbat kelmoqda. Lekin hajga navbatlar saqlanib qolgan.

«Allaqaçon tizimni şaffof qilişimiz kerak edi. Hozir haj komissiyasi hajga navbatni elektron tartibga aylantiriş işlarining harakatida. Musulmonlar idorasi tizimida ham Haj va umra işlarini taşkillaştiriş markazini oçdik. Endi ular şaffof, elektron navbatni taşkil qiliş harakatida», - deydi muftiy huquqşunos va bloger Xuşnudbek Xudoyberdiyevga bergan intervyusida.

Nuriddin Xoliqnazarov, şuningdek hajga navbatsiz boriş uçun pora berişning gunohligini ta’kidlagan.

«Şu örinda muftiy sifatida aytib ötişim kerak. Agar kimdir birovning navbatini pora berib olsa va şu asosida hajga borsa – uning haji haj bölmaydi. Musulmon odam taniş-biliş qilib, birovning örnini olib hajga bormasligi kerak. Şu işni qilayotgan odam ham, vositaçilik qilgan ham va pora olgan ham gunohkor böladi. Çunki bu iş bilan bitta musulmonning farz ibodatiga tösqinlik qilgan böladi. Aytaylik, [mas’ul] bir kişining navbati kelib, ibodat unga farz bölib turgan bölsa, örniga kimnidir qöyadigan bölsa – bu juda katta gunoh», - deya muftiyning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov tizimni şaffoflaştiriş borasida harakatlarni imkon qadar tezlaştirişga harakat qilişini aytdi.

«Hozirgi kunda ijtimoiy tarmoqlar ham juda faol, hamma joyda nazorat qilib, xatolar aytib borilyapti. Odamlarda ham Allohga taqvo qiliş köpaymoqda, korrupsiyaga qarşi kuraş ham kuçaymoqda. Lekin şunda ham navbatni pora bilan olmoqçi bölganlardan bu işini töxtatişlarini söraymiz. Çunki Alloh nasib qilib, bu insonga navbat kelmaguniça bu amal undan soqit böladi», - deydi muftiy.