Davlat rahbari Makka şahrida bölib turgan barça hojilarni Qurbon hayiti bilan samimiy tabriklab, yurt tinçligi, xalq farovonligi, yoşlar baxtu saodati yölida qilayotgan ezgu duo va iltijolari qabul bölişini tiladi.
Ta’kidlanganidek, sönggi yillarda har yili 15 ming nafardan ziyod vatandoş Haj safariga bormoqda. Bu yil yana bir xayrli taşabbus amalga oşirilib, Vatan va xalq manfaati yölida sidqidildan xizmat qilgan mehnat faxriylari, ularning oila a’zolari, mahalla faollari, nuroniylar hamda kam ta’minlangan oilalar vakillaridan iborat 100 nafar yurtdoş ilk bor davlat hisobidan Haj safariga yuborildi.
Prezident ziyoratçilar salomatligi va kayfiyati haqida söradi, ibodatlarni bajarişi uçun taşkiliy işlarning borişi bilan qiziqdi.
Muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazarov Makka va Madina şaharlarida ziyoratçilar uçun barça zarur şart-şaroitlar yaratilayotgani, taşkiliy işlar uyuşqoqlik bilan ötayotganini ta’kidladi. Bundan qalbida şukronalik hissi jöşgan yurtdoşlar muqaddas joylarda turib, Yaratgandan mamlakat tinçligi, xalq farovonligini sörab duolar qilayotganini qayd etdi.
Suhbatda mamlakatda diniy-ma’rifiy sohada amalga oşirilayotgan keng kölamli islohotlar xalq qalbi, ma’naviyati va ma’rifatiga katta ijobiy ta’sir körsatayotgani qayd etildi. Imom Buxoriy majmuasi, Islom sivilizatsiyasi markazi, Burhoniddin Marğinoniy ilmiy-ma’rifiy va turizm majmuasi kabi yaqinda foydalanişga topşirilgan maskanlar uluğ ajdodlar bebaho merosini keng tarğib etişga xizmat qilayotgani ta’kidlandi.
Davlat rahbari hayotda köpni körgan, duogöy hojilar yurtga qaytgaç, islom ma’rifati va soğlom e’tiqodni xalqqa, ayniqsa, yoşlarga teran yetkazişda, mahallalarda mehr-oqibat, hamjihatlik va ma’naviy muhitni mustahkamlaşda namuna bölişiga işonç bildirdi.
Şuningdek, Qurbon hayiti munosabati bilan ehtiyojmand aholini qöllab-quvvatlaş, 10 mingdan ortiq bolaga murakkab jarrohlik amaliyotlari ötkaziş va 2 mingga yaqin oğir bemorlarni davolaş uçun qöşimça mablağ ajratilişi qayd etildi.
Suhbat yakunida prezident barça hojilarga salom yöllab, ularning savobli amallari qabul bölişini, yurtga soğ-omon qaytişini tiladi.












