Töylar, oilaviy tantanalar, marhumlar xotirasi, haj va umraga borib-keluvçilarni kutib olişga bağişlangan yiğinlar, ulardagi bir-biridan ötib tuşadigan, kimözarga, riyoga, isrofga töla işlar xalqimizning jiddiy muammolaridan biri bölib kelmoqda. Bu haqda Özbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar Kengaşi raisi, muftiy Şayx Nuriddin Xoliqnazar bayonot berdi.
Muftiy ziyolilar va keksalarni aholiga, ayniqsa, yuqoridagi kabi isrofgarçilik va dabdaba qilayotganlarga tuşuntiriş işlarini köpaytirişga, bu kabi «illatlarga birgalikda barham berişga» çaqirdi.
Şu bilan birga, ulamolar va imom-domlalarni «Xayr-u saxovat – qalblarga quvonç ulaşadi» şiori ostida tarğibot-taşviqot işlarini amalga oşirişi, har bir markaziy masjid 5 tadan ehtiyojmand oilani otaliqqa olib, ularning farzandlarini öquv kurslarida öqitişi, kasb-hunarga örgatişi va doimiy daromadga ega bölişiga kömaklaşişi kerakligini ta’kidladi.
Şuningdek, Nuriddin Xoliqnazar har bir tuman-şahar boş imom-xatiblarini hududidagi kamida 1 ta maktabni homiylarni jalb etgan holda ta’mirlaş işlariga yordam körsatişga tarğib qildi.
Bundan taşqari, «Vaqf» xayriya jamoat fondi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bilan hamkorlikda kam ta’minlangan oila farzandi bölgan 200 nafar yoşni kasbga örgatişi va iş bilan band qilişini, jismoniy imkoniyati çeklangan bolalarga 50 dona sport aravaçasi va boşqa reabilitatsiya vositalari olib berib, ularning davolanişlariga kömaklaşişini, «Mehribonlik», «Saxovat», «Muruvvat» uylariga va mehnat faxriylariga moddiy yordamlar körsatiş işlarini taşkil etişini ma’lum qildi.
Şu bilan birga, muftiy imom-xatiblar tomonidan töy-ma’raka marosimlardagi isrofgarçilik, umra ziyoratidan qaytgandan keyin «har xil xöjakörsin marosimlari» uyuştirişdek illatlarning oldini oliş yuzasidan tarğibot işlarini amalga oşirişga çaqirdi.












