Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar ötgan yilgi tajribadan kelib çiqib, hamma masjidlarda xatmi Qur’on 27 kun bölişini aytdi.
«Tarovih namozlarimizni gözal ötkazişga harakatlarimizni boşladik. Bu yil mamlakatdagi 1700 dan ortiq masjidlarda xatmi Qur’on öqiladi.
Mana şu katta ne’mat, buni qadrlang. Agar içingizda köproq xorijga çiqib yurganlar bölsa, yaxşi biladi, yoppasiga, masjidlarning hammasidayam xatm böladigan diyor — faqat Özbekiston. Biz ötgan yilgi tajribamizdan kelib çiqib, hamma masjidda 27 kunlik xatm qilyapmiz… Hamma masjid bir xil öqiydi. Siz bu yerda xatmda iştirok etib, ertaga Buxoroga, vodiyga borib qolsangiz ham, qaysi masjidga kirsangiz, öşa eşitgan joyingizdan davom ettirib ketasiz. Buni qattiq nazoratga qilişga kelişdik.
Bu tadbirlarning hammasini tepasida prezidentimiz turibdilar. Qur’onga bölgan muhabbatini hammalaringiz bilasizlar. Mana şu xatmlar bölişida, ayni şu tartibda bölişida juda katta imtiyoz va imkoniyat yaratib beryapti… Prezidentimiz alohida topşiriq berdilar, bir oy mobaynida siz azizlarning, namozxonlar, yurtdoşlarimizning xavfsizligini ta’minlaş uçun içki işlar, Milliy gvardiya, hamma safarbar qilindi. Bu aslida, xavfsizligimiz uçun qilinyapti. Men iltimos qilaman sizlardan, taşqarida turgan içki işlar xodimlari va boşqalar «maşinangizni bu yerga töxtatmang, unday qiling, bunday qiling», desa malol olmaslik kerak. Bu biz uçun, bizning xavfsizligimiz uçun qilinyapti. Mana şu nuqtai nazardan ular keçayu-kunduz uxlamasdan bizga xizmat qiliş uçun kamarbasta bölib turibdi.
Masjidlarimizning har biriga tibbiyot xodimlari ajratilyapti, imom domlalarimiz tunu kun navbatçilik taşkil qilyapmiz, hamma safarbar qilindi. Nimaga? Şu oyni ibodat bilan, tinçlik va osoyişta ötkaziş uçun», — deydi muftiy.
Şuningdek, muftiy masjidga keluvçilardan maşinalarini uzoqroq joylarga, odamlarga xalaqit bermaydigan tarzda qöyib kelişga çaqirdi.
«Aziyat qilib qöymaslik kerak. Aziyatlarni töxtatib, maşinalarni bir çekkaga qöyib, iloji bölsa, ba’zi qöşnilar duo oliş maqsadida bir-birlari bilan kelib, sal uzoqroqqa qöyib kelsa… Imkon qadar piyoda keliş kerak aslida», — deydi muftiy.











