Prezident Şavkat Mirziyoyev 31 may kuni Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi.
Davlat rahbari Haj ziyorati uçun Makkai mukarramada bölib turgan vatandoşlar uçun yaratilgan şaroitlar, nuroniylarning salomatligi va kayfiyati haqida söradi.
Muftiy hazratlari Haj amallarini sidqidildan, mukammal ado etiş uçun barça taşkiliy çoralar körilganini ta’kidladi.
Ayni paytda 15 ming nafar hojilarimizning barçasi Saudiya Arabistoniga yetib borgan. Ularga 300 dan oşiq guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali şifokor, 10 dan ziyod oşpazlar va boşqa mutaxassislar hamrohlik qilmoqda.
Bu yil, Özbekiston tomonining talabiga muvofiq, Arafot hududidagi çodirlar yopiq tarzda barpo etildi. Ularning atrofi issiq ötkazmaydigan panellar bilan öralgan, sovutiş tizimi örnatilgan, gilam va töşaklar solingan. Bu hozirgi yoz kunlarida ziyoratçilarga qöşimça qulaylik yaratadi.
Muftiy Nuriddin Xoliqnazar prezidentga uluğ ibodat fayzi bilan yurgan hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi. Şavkat Mirziyoyev barça ziyoratçilarga salom yöllab, yurtimizga soğ-omon kelişlarini tiladi.
Davlat rahbari muhtaram hojilar Özbekistonga qaytgaç, mahallalarda ijtimoiy muhitini mustahkamlaş, ehtiyojmand insonlarga kömak beriş, yoşlarni ilm-ma’rifatga tarğib etişda namuna körsatişlariga umid bildirdi.












