Toşloq tumanida profilaktika inspektori tabel quroli bilan özining boşiga öq uzgan. Bu haqda Farğona viloyati IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum bölişiça, Toşloq tumani IIB profilaktika inspektori katta leytenant A.U. 5 dekabrda tungi xizmatdan çiqib, tuman IIBda ötkazilgan ertalabki yöriqnomaga kelmagan, u bilan boğlanişning imkoni bölmagan.
Suriştiruv işlari davomida katta leytenant A.U. yaşaş xonadonidan taxminan 3 km uzoqlikdagi Besarang qişloği hududidan oqib ötuvçi Katta Farğona kanali yoqasidagi yölning çetida, öziga tegişli bölgan “Spark” avtomobilida, öziga biriktirilgan PM tabel quroli bilan boş qismidan jarohatlangan, koma holatda topilgan va zudlik bilan tibbiy muassasaga joylaştirilgan.
Aniqlanişiça, xodim “1xbet” ilovasidan foydalanib, şu yil avgust oyida 45 mln söm yutqazgan. Uning qarzdorlik muammosi hal etilib, intizomiy tartibda jazolangan hamda viloyat IIB qoşidagi Intizomiy kengaşning nazoratida bölgan.
Hozirda holat viloyat prokuratura organlari tomonidan örganilmoqda.
Farğona viloyat IIBning qayd etişiça, respublika kesimida qimor öyinlari böyiça ma’muriy huquqbuzarliklar soni 2019 yilda 1 454 tani taşkil etgan bölsa, 2022 yilning 6 oyida 2 325 taga yetgan. Bu öyinlarni taşkil etiş bilan boğliq jinoyatlar 2019 yilda 55 ta bölsa, 2022 yilning 6 oyida 90 tadan oşgan.








