Faollarning bahslarini kuzatar ekanmiz, ularning aksariyati masalaning tub mohiyati, ya’ni nizo qayerdan kelib çiqqani, vaziyat şu darajagaça yetib kelişiga nimalar sabab bölgani bilan qiziqib körmadi.

Şu bois bu galgi körsatuvimizda investor va hokimlik örtasidagi nizoni taraflarning vakillari hamda ekspertlar iştirokida tahlil qilişga qaror qildik. Lekin Toşkent şahar hokimligi vakillari iş prokuraturada örganilayotgani, uning xulosasi olinmagunça izoh berilmasligini aytib, bu körsatuvga taklifimizni rad etdi.

Biz investor Murari Lal Jalanning maslahatçisi, MJ kompaniyasi vakili Muhabbat Otaqulova bilan Zoom orqali, iqtisodçi ekspertlar Barnogul Sanaqulova va Abdulla Abduqodirov bilan esa studiyamizda suhbatlaşdik.

Kun.uz: Dastlab, barça uçun şov-şuvga sabab bölgan 100 mln dollar haqida gaplaşsak. Bu pul biror şartnomada körsatilganmidi yoki qöşimça şartnomalar ham bormidi?

Muhabbat Otaqulova: Investitsion şartnomalarda bizning kompaniya öz böyniga olgan majburiyatlari bor. Bu birgina loyiha uçun emas: biz öşa yili (2019 yil haqida gap ketyapti – tahr.) ikkita kelişuvga erişganmiz. Birinçisi – Bektemir tumanida joylaşgan (Lake city, sobiq Baxt köli) bölsa, ikkinçisi hozirgi Yangihayot tumanida joylaşgan 100 gektarlik maydonda Minerva city nomli çiroyli şaharça quriş.

Bu oddiy şaharça emas albatta, kompaniyamiz eng kam miqdori 500 mln dollar bölgan şaharçani quriş majburiyatini öz böyniga olgan. Lekin bizning kelişuvimizda investor 100 mln, 200 mln yoki 500 mln dollar mablağni bir paytning özida olib kelib qöyaman, degan majburiyatni olmagan. Bu uning majburiyatiga kirmaydi.

Ana şu loyihalar bosqiçma-bosqiç amalga oşirib kelinayotgan bir vaqtda, tösatdan mart oyida Toşkent şahar hokimligida öşa intervyuda aytilgan uçraşuv böldi. Uçraşuvda investorga Rohatdagi yerni qaytarib beriş şarti qöyildi. Buning evaziga “Minerva city”ning rivojlanişida kömak berişlarini aytişdi. Murari Lal Jalan bu narsaga rozi bölmadi. Çunki uning fikri böyiça notöğri yoki noqonuiy iş qilmagan bölsa ham, öz-özidan “loyihani men bajara olmadim” deyiş, ya’ni qila oladigan işini qila olmayman deb ommaga olib çiqişi yaxşi emas edi. “Yöq, men ikkala loyihamni ham öz vaqtida bajaraman, qöl qöyib böynimga olgan majburiyatlarning hammasini bajarişga imkonim va qobiliyatim yetadi”, degan ma’noda javob bergan edi öşanda.