Özbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov taraqqiyot kuşandasi va jamiyatni içidan yemiradigan ofat – korrupsiya illatidan saqlaniş haqida yurtdoşlarimizga murojaat qildi.
«Poraxörlik diniy manbalarimizda «rişva» deb nomlanib, birovning foydasiga hukm qiliş yoki istagini amalga oşiriş uçun iş egasiga biror narsa berişga aytiladi. Rişva sözi «raşaa»dan olingan bölib, jöja yegulik ilinjida öz onasiga böynini çözişiga aytiladi. Xuddi şuningdek, poraxör ham özi haqli bölmasa-da odamlardan biror narsa oliş ilinjida qöli va böynini çözadi. Poraxörlik Qur’oni karim, hadisi şarif va ulamolarning ijmosiga köra harom iş va katta gunoh hisoblanadi.
Alloh taolo Qur’oni karimda bunday deydi: «Bir-birlaringizning mollaringizni nohaq yemanglar. Bilaturib odamlarning mollaridan bir qismini yeyiş maqsadida gunoh yöl bilan uni hokimlarga uzatmanglar» (Baqara surasi, 188-oyat).
«Mollarni nohaq yeyiş»ga pora beriş va oliş, öğrilik qiliş, omonatga xiyonat qiliş, firibgarlik, foiz oliş, qarzga narsa olib, undan toniş, zörlik bilan tortib oliş, qimorda yutib oliş, ölçov va tarozidan uriş, odam savdosi, sehr va folbinlik bilan pul topiş, nojoiz tijorat bilan molni qölga kiritiş kiradi. Yuqoridagi usullar orqali mol topiş şariatda harom qilingan.
Savbon roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvçi, pora oluvçi va ularning örtasidagi vositaçini la’natladilar» (Imom Ahmad rivoyat qilgan).
Bugun jamiyatda şu uçalasidan biri bölib qoliş köpaydi. Agar hammamiz ham Allohdan qörqib, hadisga amal qilib, pora beriş va vositaçilikdan ham töxtasak, jamiyatda inşalloh, bu muammo yöqoladi. Rasululloh alayhissalom la’natlagan bu iş qançalik oğirligini tasavvur qilişimiz kerak».
Muftiy, şuningdek, pora olayotganlar uni hadya deb, özini oqlaşga harakat qilsa ham u gunohligiça qolaveradi.
«Şuni yaxşi bilişimiz kerakki, pora nima deb atalmasin, baribir poraligiça qolaveradi. Ba’zan pora olayotganlar uni «hadya», «sovğa» deb, özini oqlaşga, «yöl» topib olişga odatlangan böladi. Beruvçilar ham doimo «köngildan çiqdi», «atab qöyganmiz», «ehson» kabi «çiroyli» sözlar bilan özining qabih amallarini «böyab», uni röyobga çiqarişga harakat qiladi. E’tibor qaratadigan bölsak
















