Amerikalik basketbolçi Brittni Grayner va advokat Pol Uilanni ozod qiliş böyiça muzokaralar çoğida Rossiya Germaniyada Tirgartendagi qotillik işi böyiça sudlangan Vadim Krasikovni ekstraditsiya qilişni söradi. Bu haqda AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi vakili Jon Kirbi 11 dekabr, yakşanba kuni Amerikaning ABC telekanali efirida aytib ötdi.

«Ular (Rossiya tomoni vakillari) Germaniyada qamoqda ötirgan qotilni ekstraditsiya qilişni söraşgan», — dedi Kirbi. Uning qöşimça qilişiça, Qöşma Ştatlar bu taklifni jiddiy deb hisoblamadi, çunki Vaşington mahkumning boşqa davlatda jazo ötayotgani masalasiga aralaşa olmaydi.

Vadim Krasikov Germaniyada 2021 yil oxirida çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xonqoşvilini öldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan edi. Berlin Oliy sudi prokurorning Krasikov jinoyatni Rossiya rasmiylarining körsatmasi bilan sodir etgani haqidagi da’vosini isbotlangan deb topdi. Xonqoşvili 2019 yil 23 avgust kuni Berlindagi Kiçik Tirgarten boğida otib öldirilgan.

Rossiya Brittni Grayner va Pol Uilanni almaştiriş bitimiga Vadim Krasikovni qöşişga urinayotgani haqida Amerikaning CNN telekanali iyul oyida manbalarga tayanib xabar berdi. OAV ma’lumotlariga köra, Rossiya tomoni bu taklifni maxsus xizmatlarning norasmiy kanallari orqali yetkazgan. AQŞda Moskva bilan kelişuv muhokamasi tafsilotlari oşkor etilmagan, biroq avgust oyida Oq uy Rossiya rasmiylaridan mahbuslarni almaşiş taklifiga «makkor» javob olganini ma’lum qilgandi.

Dekabrda Brittni Grayner AQŞda qurol savdosi uçun qamalgan Rossiya fuqarosi Viktor Butga almaştirildi. Grayner Rossiyada giyohvand moddalar kontrabandasi va uni saqlaşda aybdor deb topildi. Avgust oyida Rossiya sudi uni töqqiz yilga ozodlikdan mahrum etiş va 1 million rubl miqdorida jarimaga tortiş haqida qaror çiqardi.