Berlinda öldirilgan çeçenistonlik sobiq dala qömondoni Zelimxon Xanqoşvilining yaqinlari jinoyatçi, Federal xavfsizlik xizmati xodimi ekani aytilayotgan Vadim Krasikov Rossiyaga topşirilgani haqidagi xabarni norozilik bilan qarşi oldi. «Qotillik sodir etilganiga hatto beş yil ham bölgani yöq va yollangan qotil yana ozodlikka çiqdi», dedi qurbonning Germaniyada yaşovçi qarindoşlari 1 avgust, payşanba kuni advokati Ingu Şuls orqali.
Umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan Krasikovning Rossiya tomoniga topşirilişi «biz uçun falokatli xabar böldi», deyiladi Xanqoşvilining qarindoşlari bayonotida. «Bir tomondan, kimningdir hayoti saqlab qolinganidan xursandmiz. Şu bilan birga, dunyoda qonun yöqdek tuyulganidan juda xafamiz, hatto qonun oliy hokimiyat bölgan mamlakatlarda ham», - deya davom etadi ular.
Berlin: Krasikovni Rossiyaga topşiriş qiyin qaror böldi
Germaniya hukumati 1 avgust, payşanba kuni Rossiya Federatsiyasi va Ğarb örtasidagi yirik mahbus almaşinuvi doirasida qotil Vadim Krasikovni Rossiyaga topşiriş oson qaror bölmaganini tan oldi. Berlin Rossiyada noqonuniy qamoq jazosiga hukm qilingan 15 kişini va Belarusda avvalroq ölim jazosiga hukm qilingan bir Germaniya fuqarosini ozod qilişga erişilganini ta’kidladi.
Rasmiy Berlin Rossiya va Belarus hukumatini nohaq sudlangan barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişga çaqirdi. «Biz Rossiya Federatsiyasida Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş haqida öz fikrlarini va haqiqatni aytgani uçun hali ham qamoqda ötirganlarning barçasiga qöllab-quvvatlov bildiramiz», deb ta’kidladi Xebeştrayt.
Rossiya va Ğarb örtasida mahbuslar almaşinuvi
1 avgust, payşanba kuni Anqara aeroportida Rossiya, Belarus va Ğarb davlatlari örtasida mahbuslar almaşinuvi bölib ötganini Turkiya rasmiylari tasdiqladi. Turkiya ommaviy axborot vositalari jarayondan olingan tasvirlarni namoyiş qilgan va unda 26 kişi iştirok etganini xabar bergan.
Berlinda çeçenistonlikning öldirilişi
Rossiya tomonidan terrorizmda ayblanib qidiruvga berilgan Zelimxon Xanqoşvili 2019 yilning 23 avgust kuni Berlindagi Kiçik Tirgarten boğida otib öldirilgan. Vadim Krasikov Vadim Sokolov nomiga yozilgan hujjatlar bilan öşa kuni qölga olindi.
Sud jarayoni 2020 yil oktyabr oyida boşlangan va bir yildan ortiq davom etgan. 2021 yil dekabr oyida Krasikov umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi. Berlin Oliy yer sudi prokurorning Krasikov uşbu qotillikni Rossiya rasmiylari körsatmasi bilan sodir etganligi haqidagi da’vosini isbotlangan deb hisobladi.








