Turkiya Milliy razvedka taşkiloti Rossiya, Belarus va Ğarb davlatlari örtasida mahbuslar almaşinuviga vositaçilik qildi. Mahbuslar almaşinuvida amerikalik Evan Gerşkoviç va Pol Uilan, Germaniya fuqarosi Riko Kriger, rossiyalik siyosatçi Ilya Yaşin va FXX ofitseri Vadim Krasikov ham iştirok etdi.
Germaniyada qotillik uçun sudlangan Vadim Krasikov Rossiya va Ğarb örtasida mahbuslar almaşinuvining asosiy figurasi böldi. Bu odam kim va nima uçun Kreml uni qaytarib olişga urindi?
Ğarbda jinoyat sodir etgani uçun turli muddatlarga qamalgan Rossiya fuqarolari orasida Vadim Krasikov ham bor. U nemis qamoqxonasida jazo muddatini ötab kelayotgandi. Krasikov — mutlaqo alohida holat. Oldinlari Ğarb davlatlari Moskva bilan josuslar, xoinlar, ikki tomonlama agentlar yoki iqtisodiy jinoyatçilarni almaşgan bölsa, Krasikov — Germaniyada umrbod ozodlikdan mahrum etilgan qotil.
Kreml aynan şu insonning Rossiyaga qaytarilişiga qiziqiş bildirgani haqida mamlakat prezidenti Vladimir Putin ham deyarli oçiq gapirgan. 2023 yil fevralida amerikalik jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida u «vatanparvarlik qaraşlari sabab Yevropa poytaxtlaridan birida banditni yöq qilgan» odam haqida gapirib ötgan edi.
Bir oydan keyin prezidentlik saylovlari yakuni böyiça ötkazilgan matbuot anjumanida Putin qamoqxonada vafot etgan muxolifatçi Aleksey Navalniyni «Ğarb davlatlarida ozodlikdan mahrum etilgan ayrim odamlarga» almaşişga tayyor bölganini tan olgandi.

Berlin markazida öldirilgan çeçen
Qotillik Krasikov tomonidan 2019 yilning 23 avgustida Berlin markazida sodir etilgan. Rossiyalik killerning qurboni sobiq çeçen dala komandiri, Gruziya fuqarosi Zelimxon Xangoşvili edi. Rossiya avvalroq uni terrorizmda ayblab, qidiruvga bergandi. Xangoşvili 2015 yilda Gruziyada öziga uyuştirilgan suiqasddan keyin Germaniyaga qoçib ketgan.
Berlinda, kuppa-kunduz kuni, köplab insonlar köz öngida velosiped mingan erkak çeçenning orqasidan kelib, ovoz söndirgiç qotirilgan töpponçani oladi va unga uç marotaba öq uzadi. Qotilning qoçib ketişiga guvohlar xalaqit beradi: ular politsiyaçilarga velosipedini suvga otib, parigini yeçgan va kiyimlarini almaştirgan şaxsni körsatadi. Qotilni qölga oliş vaqtida uning yonidan Vadim Sokolov nomiga tayyorlangan Rossiya pasporti va töpponça topiladi.







