Germaniya hukumati 1 avgust, payşanba kuni Rossiya Federatsiyasi va Ğarb örtasidagi yirik mahbus almaşinuvi doirasida qotil Vadim Krasikovni Rossiyaga topşiriş oson qaror bölmaganini tan oldi. Berlin Rossiyada noqonuniy qamoq jazosiga hukm qilingan 15 kişini va Belarusda avvalroq ölim jazosiga hukm qilingan bir Germaniya fuqarosini ozod qilişga erişilganini ta’kidladi.
«Tarozi bir tomonida davlatning qamoq jazosiga hukm qilingan şaxs (Krasikov) hukmini ijro etişdan manfaatdorligi, ikkinçi tomondan - erkinlik, jismoniy farovonlik va - ba’zi hollarda - begunohlar hayoti. Rossiyada qamalgan odamlar va nohaq hukm qilingan siyosiy mahkumlar, nemis fuqarolarini himoya qiliş va AQŞ bilan birdamlik muhim sabablar edi», dedi Germaniya hukumati vakili Şteffen Xebeştrayt.
Rasmiy Berlin Rossiya va Belarus hukumatini nohaq sudlangan barça siyosiy mahbuslarni ozod qilişga çaqirdi. «Biz Rossiya Federatsiyasida Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruş haqida öz fikrlarini va haqiqatni aytgani uçun hali ham qamoqda ötirganlarning barçasiga qöllab-quvvatlov bildiramiz», deb ta’kidladi Xebeştrayt.
Ayni paytda, Germaniyaning Bild tabloidi yozişiça, GFRdagi tergovçilar Krasikov ozod etilişidan «ğazablangan». Naşrning yozişiça, Federal boş prokuratura voqeani Rossiya prezidenti Vladimir Putinga nisbatan «haddan taşqari yon bosiş» deb hisoblaydi.
Şols: Germaniya begunoh qamalgan mahbuslar uçun kuraşişni davom ettiradi
Germaniya hukumati Rossiya va Belarusda siyosiy sabablarga köra qamalganlarning barçasini ozod qiliş uçun kuraşni davom ettiradi. Bu haqda Germaniya kansleri Olaf Şols 2 avgust, jumaga ötar keçasi Kyoln/Bonn aeroportida Rossiya Federatsiyasi va Belarusda ozod etilgan siyosiy mahbuslar bilan Anqaradan uçgan samolyot qönişidan biroz oldin jurnalistlarga ma’lum qildi.
Mahbuslar almaşinuvida kimlar iştirok etdi?
1 avgust, payşanba kuni Anqara aeroportida Rossiya, Belarus va Ğarb davlatlari örtasida mahbuslar almaşinuvi bölib ötganini Turkiya rasmiylari tasdiqladi. Turkiya ommaviy axborot vositalari jarayondan olingan tasvirlarni namoyiş qilgan va unda 26 kişi iştirok etganini xabar bergan.
Rossiya almaşinuv paytida Ğarb davlatlariga: siyosatçilar Vladimir Kara-Murza va Ilya Yaşin, huquq himoyaçisi Oleg Orlov, jamoat arbobi Andrey Pivovarov, rassom Saşa Skoçilenko, muxolifatçi Aleksey Navalniyning şeriklari Liliya Çanişeva, Kseniya Fadeyeva va Vadim Ostanin, Germaniya fuqarosi Kevin Lik; jurnalist Ivan Safronov işi qatnaşçisi, Rossiya va Germaniya fuqaroligiga ega siyosatşunos Diter Voronin, Germaniya va Rossiya fuqarosi Germana Moyjyes, AQŞ fuqarolari Pol Uilan, Evan Gerşkoviç, Alsu Kurmaşeva, Germaniya fuqarosi Patrik Şobelni topşirdi. Belarus hukumati ham ölim jazosiga hukm qilingan Germaniya fuqarosi Riko Krigerni ekstraditsiya qildi.







