Özbekistondan xorijiy davlatlarga işlaş uçun çiqib ketgan migrantlar soni 2 mln 346 ming nafarni taşkil qiladi. Bu haqda 13 dekabr kuni Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi tomonidan ötkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.

Foto: AOKA

“Migratsiyada iştirok etayotgan fuqarolar töğrisidagi ma’lumotlarni töğri hisob-kitob qilmasdan ommaviy e’lon qiliş maqsadga muvofiq emas. Sababi jahon tajribasida ham mehnat migrantlari töğrisidagi ma’lumotlar faqat 3ta manbaga asoslanib yoziladi. Bular sörovnomalar ötkaziş, ma’muriy manbalar orqali (ularning hududlardan çiqişi va kirişi) va turli ilmiy tahlillar va aholi örtasida ötkazilgan röyxatga oliş jarayonida şakllantirilgan ma’lumotlar asosida.

Şuning uçun bu ma’lumotlarni tezkor yangilaş imkoniyati çegaralangan. Bizda şu yil birinçi çorak yakuni bilan barça manbalar hisobidan tahlil qilinganda migrantlarimiz soni 2 mln 346 ming nafarni körsatgan. Bu raqam çiqqandan keyin ham qariyb 400 ming nafar fuqaro Özbekistonga qaytib keldi.

Azim Ahmatov
Foto: AOKA

Şuningdek, bizda keyingi yillarda olib borilgan islohotlar natijasida işlaş uçun rasmiy yöllar bilan xorijga ketayotganlar soni keskin oşdi. Masalan, avvallari 0,15 foiz fuqarolar rasmiy yöl bilan işga ketardi. Bugungi kunda bu körsatkiç mavsumiy xarakterga ega bölib, mehnat migratsiyasi köpaygan paytda 8 foizga, çeklanganda 9 foizga çiqyapti. Ya’ni taşkiliy işga yuborilgan fuqarolar körsatkiçi bugungi kunda 8-9 foizni taşkil qiladi”, – dedi agentlik boşqarma boşliği Azim Ahmatov.

Tadbir davomida Kun.uz muxbiri tomonidan agentlik mas’ullariga migrant sifatida xorijga ketgan fuqarolar soni bundan ança köp bölişi mumkinligi, raqamlar strategik bölgani uçun ham sun’iy yaşirilişi haqida savol bilan murojaat qilindi.

Foto: AOKA

Ahmatovning savolga javoban ta’kidlaşiça, migrantlar soni yaşirilişi haqidagi ayblovlar haqiqatga mos kelmaydi.

“Davlat personallaştiriş markazi tomonidan uzoq muddatga xorijga çiqib ketgan fuqarolar statistikasi yuritiladi. Agar fuqaro 3 oy muddatdan ortiq muddatga xorijga çiqib ketsa, u bevosita bizning bazaga tuşadi. Şu bilan birga bizning statistika Rossiya Federatsiyasida çegara, migratsion qayddagi raqamlar bilan soliştirib turiladi.