«Milan» klubi va Serbiya milliy jamoasining sobiq boş murabbiyi, yugoslav va serb futboli afsonasi Sinişa Mixayloviç 16 dekabr kuni 54 yoşida vafot etdi. Bu haqda Sky Sport xabar bermoqda.

La Gazzetta dello Sport naşri qayd etişiça, Mixayloviç Rimdagi klinikada olamdan ötgan. Murabbiyning oilasi u «qörqinçli kasallik bilan mardlarça olişgani»ni aytib, şifokorlarga yordam uçun minnatdorçilik bildirgan.

2019 yil iyulida Mixayloviç öziga leykemiya taşxisi qöyilganini va «hujumda öynab» uşbu kasallikni yengib ötmoqçi ekanini aytgandi. Murabbiy bir neça bor ximiyaterapiya kurslarini ötagan, unga suyak iligi köçirib ötkazilgandi.

Mart oyida Mixayloviç leykemiya qaytgani va u yana davolanişi kerakligini aytgandi. Sentyabr oyida «Bolonya» klubi startdagi muvaffaqiyatsiz natijalar tufayli uni iste’foga çiqardi.

Futbolçilik faoliyati davomida Mixayloviç «Tsrvena Zvezda», «Roma», «Sampdoriya», «Latsio» va «Inter»dagi öyinlari orqali tanilgandi. 

U 2006 yildan murabbiylik faoliyatini boşlab, «Inter»da yordamçi murabbiyga aylangandi. Şundan keyin u «Fiorentina», «Sampdoriya», «Torino», «Milan» klublari va Serbiya milliy jamoalarini boşqargan edi.