JÇ-2022. Final. 18 dekabr
Argentina – Fransiya 3:3. Penaltilar seriyasi: 4:2
Gollar: 1:0 – 23, penalti Messi, 2:0 – 36 Di Mariya, 2:1 – 80, penalti Mbappe, 2:2 – 81 Mbappe, 3:2 – 108 Messi, 3:3 – 118, penalti Mbappe.
Argentina – Martines, Molina (Montiyel, 90), Otamendi, Romero, Talyafiko (Dibala, 120), De Paul (Paredes, 102), Mak Allister (Pesselya, 116), Fernandes, Di Mariya (Akunya, 64), Messi, Alvares (Martines, 103).
Fransiya – Loris, Kunde (Disasi, 120), Varan (Konate, 113), Upamekano, Ernandes (Kamavinga, 71), Rabio (Fofana, 96), Tçuameni, Jiru (Tyuram, 41), Grizmann (Koman, 71), Dembele (Kolo-Muani, 41), Mbappe.
Ogohlantirişlar: Fernandes (45), Rabio (55), Tyuram (87), Jiru (90), Akunya (90), Paredes (114), Montiyel (116).

Uçinçi yulduz

Argentina va Fransiya bu finalga qadar ikki bor çempionlik titulini qölga kiritgan.

Argentinaliklar 1978 va 1986 yillarda oltin medallarga ega çiqişgan. Mamlakatga ikkinçi yulduzni Meksikadagi jahon çempionatida jamoani öz ortidan ergaştirgan va yarimfinalda Angliya darvozasiga futbol tarixidagi eng maşhur gollarni — mojaroli «Xudoning qöli» bilan urilgan gol va maydon markazidan yuriş qilib kelib urilgan «Asr goli»ni urgan Diyego Maradona olib kelgandi. 1990 yilda Maradona yana jamoani finalga olib çiqqan, ammo Italiyadagi çempionatda Germaniyaga mağlub bölingandi.

Fransuzlar 1998 va 2018 yillarda oltin medallarni qölga kiritişgan. Mamlakatga bu ikki yulduz olib kelinişida ham Dide Deşam iştirok etgan. Birinçi holatda uyda ötkazilgan mundialda jamoa sardori sifatida, ikkinçisida — Rossiya mezbonligidagi çempionatda kuçliligi jihatidan 1998 yildagidan kam bölmagan jamoa boş murabbiyi sifatida.

Qatar-2022 turniriga qadar argentinaliklar uç bor finallarda mağlub bölib, kumuş bilan kifoyalanişga majbur bölişgan, fransuzlar — faqat bir marta. Avvalgi mağlubiyatli finallar ikki jamoa uçun ham kuçli zarba bölgandi: 2006 yilda Jahon kubogi uçun öyinda Zidan maydondan çetlatilgan va futbolçilik faoliyatini yakunlagan, 2014 yilda — Messi faoliyatidagi eng qayğuli daqiqalarda kubokka qaray olmay ötgandi.

Messi va rekordlar

Bu çempionat Messining orzusi edi. Argentina termasi sardorining Jahon kubogi uçun yurişi ançadan beri dramatik syujyetlardan biriga aylangandi. 2021 yil yozida Leo barça xafagarçiliklar ortidan uzoq kutilgan Amerika Kubogini qölga kiritdi - bu uning terma jamoa safidagi ilk sovrini böldi, şundan boşlab u yana terma jamoada öynaş zavqini his qila boşladi, 2022 yilgi Qatar qişidagi asosiy intriga — uning boş turnirdagi ğalabasi masalasiga aylandi.