Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) rahbari Tedros Adanom Gebreyyesus kelasi yil uçun beşta ustuvor yönalişni belgilab oldi. 

U 2022 yilda, COVID-19 pandemiyasining uçinçi yilida çeçak epidemiyasi, vabo va Ebola epidemiyasi avj olganini aytdi. Bundan taşqari, Afrikada qurğoqçilik va suv toşqinlari, Pokistonda kuçli suv toşqini yuz berganini aytdi. 

Biroq, Gebreyyesusning sözlariga köra, COVID-19 pandemiyasi va çeçak epidemiyasi pasaymoqda, Ugandada esa uç haftadan köproq vaqt davomida Ebola böyiça yangi holatlar qayd etilmagan. 

«Umid qilamizki, bu favqulodda vaziyatlarning har biri kelgusi yilda yakunlanadi», dedi u. 

JSST rahbari sözlariga köra, dunyo böylab COVID-19 kasalligidan ölganlar soni yanvar oyiga qaraganda deyarli 90 foizga kamaydi. Biroq, u pandemiya hali tugamagani haqida ham ogohlantirdi. 

Gebreyyesus 2023 yilda JSST uçun beşta ustuvor yönalişni belgilab berdi:

- salomatlikni mustahkamlaş va kasalliklarning oldini olişga e’tibor qaratiş;

- tibbiy xizmatlardan, ayniqsa, birlamçi tibbiy-sanitariya yordamidan hamma foydalanişini ta’minlaş;

- favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik köriş va ularni bartaraf etiş çoralarini kuçaytiriş;

- tadqiqot, fan va texnologiyani rivojlantiriş;

- JSSTni isloh qilişni davom ettiriş.