Murtazo Qarshiboyev Mamatqulovich O‘zbekiston prezidentining spichrayteri o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA yozmoqda.
Tayinlovga qadar Murtazo Qarshiboyev Prezident administratsiyasida shu’ba mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston prezidenti maslahatchisi – spichrayter Xayriddin Sultonov hisoblanadi. Yozuvchi bu lavozimda uzoq yillardan buyon ishlab keladi.










