Prezident farmoni bilan, Abdulla Mamasoatoviç Abduqodirov prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi boş direktorining birinçi örinbosari lavozimiga tayinlandi.

Abdulla Abduqodirov – iqtisodçi, sobiq moliya vaziri örinbosari. U jamoatçilik faoli sifatida mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy muammolarga munosabat bildirib keladi, OAVdagi tanqidiy-tahliliy çiqişlari bilan tanilgan.

Şuningdek, Akbar Muhiddinoviç Musayev va Rustamxon Kamolxonoviç Azizov Strategik islohotlar agentligi boş direktorining örinbosari lavozimini egalladi.

Rustamxon Azizov bungaça agentlik boş direktori birinçi örinbosari vazifasini bajaruvçi edi.

Prezident huzuridagi Strategik islohotlar agentligi şu yil sentabrda, Strategik rivojlaniş agentligi negizida taşkil etilgan. Agentlik boş direktori – Şuhrat Abduşarifoviç Vafoyev.

Bugun e’lon qilingan ma’muriy islohotlar dasturi ham rasman prezidentga mazkur agentlik tomonidan taklif sifatida kiritilgan.