Eng ommabop yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar, jumladan, DM-i turidagi supergibrid modellar va ularning butlovçi qismlarini işlab çiqaruvçi mazkur qöşma korxona Özbekistonda joylaşişi rejalaştirilgan.

1995 yilda taşkil topgan BYD kompaniyasi hozirda dunyoning yetakçi yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillar işlab çiqaruvçisidir. 27 yildan ziyod akkumulyator batareyalarini loyihalaştiriş va işlab çiqariş tajribasiga ega mazkur kompaniya jahonda özining yetakçi innovatsiyalari, jumladan, elektromobillar ta’minot zanjiriga töliq egaligi bilan maşhurdir. 

BYD Europe va Xalqaro hamkorlik boşqarmasi boşqaruvçi direktori Maykl Şu şunday dedi: “Biz UzAuto bilan Özbekistonda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillarni işlab çiqarişdek muhim jarayonda hamkorlik qilayotganimizdan mamnunmiz. Özaro manfaatli hamkorlik BYD strategiyasining asosiy negizi bölib, xuddi şu maqsad bilan hamohang bölgan kompaniya bilan hamkorlik qiliş juda muhimdir. Uşbu qöşma korxona orqali xaridorlarga özimizning eng zamonaviy mahsulotlarimizni va texnologiyalarimizni işlab çiqarib yetkazib berişni maqsad qilganmiz”.

«Özavtosanoat» boşqaruvi raisi Şavkat Umrzoqov esa şunday dedi: “BYD dunyoda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillarni işlab çiqaruvçi yetakçi kompaniyadir. BYD texnologiyasi bilan UzAuto işlab çiqariş imkoniyatlarining uyğunlaşuvi Özbekiston va qöşni davlatlarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillarning ommalaşuvini jadallaştiradi. Qöşma korxona taşkil etiş va eng ilğor texnologiyalarni özlaştiriş bizning kompaniyalarimizning uzoq muddatli strategik hamkorligining boşlanişidir. "Özavtosanoat" BYD kompaniyasi bilan hamkorlik qilişdan juda mamnun va işonamizki, kelajakda uşbu hamkorlikni kengaytirişning juda köp imkoniyatlari mavjud”.

Yangi taşkil etilgan qöşma korxona orqali UzAuto va BYD kompaniyalari Markaziy Osiyo va undan taşqari hududlarda yangi energiya manbalarida harakatlanuvçi avtomobillardan, ularning ekologik ustunliklaridan foydalanişni kengaytiriş va bozorini yanada rivojlantirişni maqsad qilgan.

Reklama huquqi asosida