2026-yil 1–4-oktabr kunlari Tashkent City Park’da BYD e-Mobility Festa 2026 festivalining uçinçi mavsumi bölib ötadi. Tört kun davomida avtomobil premeralari, BYD texnologiyalari namoyişlari, interaktiv zonalar hamda özbek estradasining taniqli sanʼatkorlari iştirokidagi keçki şoular bir maydonda jamlanadi.

Festival zamonaviy mobillik bilan bosqiçma-bosqiç tanişiş imkonini beruvçi yönaliş asosida taşkil etilgan. Mehmonlar avtomobillarni statik ekspozitsiyada ham, harakatda ham körişlari, elektr va plug-in gibrid tizimlarning işlaş tamoyillari bilan tanişişlari, mutaxassislarga öz savollarini berişlari hamda avtomobil xarid qiliş böyiça maslahat olişlari mumkin.

Özbekistondagi avtomobil premeralari

Model ekspozitsiyasining markazidan Özbekiston bozoriga çiqarişga tayyorlanayotgan ikkita yangi model - BYD SEALION 6 EV va BYD Ti 7 örin oladi. Ular savdo boşlanişidan avval dastlabki taniştiruv formatida namoyiş etiladi. Taşrif buyuruvçilar avtomobillarning dizayni, salon kengligi, raqamli funksiyalarini baholaşlari, şuningdek, uşbu modellarning kelgusida bozorda mavjud bölişi haqida dastlabki maʼlumotlarni olişlari mumkin.

Ekspozitsiya BYD’ning allaqaçon tanilgan va kutilayotgan modellari bilan ham boyitiladi. Ular orasida SONG PLUS DM-i UzPride, CHAZOR UzPride, YUAN UP EV, YUAN UP DM-i, SEAL 6, SEALION 7 va ATTO 8 bor. Modellarning bir maydonda namoyiş etilişi şahar elektromobillari, oilaviy krossoverlar va plug-in gibridlarni özaro taqqoslaş imkonini beradi.

photo_2026-09-19_21-45-18 (2)

YANGWANG U9 va jahon rekordi körsatkiçlari

Festivalning asosiy texnologik voqealaridan biri YANGWANG U9 modelining Özbekistondagi ilk namoyişi böladi. Qariyb 1 300 ot kүchiga ega elektr superkar 100 km/soat tezlikka 2,36 soniyada erişadi. Törtta mustaqil boşqariladigan elektromotorga ega e4 platformasi hamda DiSus-X osma tizimi avtomobilni harakat vaqtida aniq boşqarişni taʼminlaydi. Quvvati 3 000 ot kүchidan ortiq bölgan rekordçi U9 Xtreme versiyasi 2025-yil sentabr oyida 496,22 km/soat tezlikka erişdi va BYD maʼlumotiga köra, seriyali avtomobillar orasida tezlik böyiça jahon rekordini örnatdi. Avtomobil Nürburgring Nordschleife trassasini 6 daqiqa 59,157 soniyada bosib ötib, yetti daqiqadan kam natija qayd etdi.

photo_2026-09-19_21-45-18 (3)