O‘zbekiston | 13:03 / 31.12.2022
5694
1 daqiqa o‘qiladi

Notariuslarning tadbirkorlarga ko‘rsatadigan xizmatlari bo‘yicha tarif belgilandi

Foto: iStock

Adliya vazirining “Notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qo‘shimcha harakatlar uchun undiriladigan to‘lovlarning maksimal miqdorlariga qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi buyrug‘i imzolandi.

Unga muvofiq, Tadbirkorlik sub’yektlari yagona davlat reyestridan tadbirkorlik sub’yektining o‘ziga nisbatan bitta hujjatni berganlik uchun notariuslar tomonidan BHMning 5 foizigacha miqdorida to‘lov undirilishi mumkin (bugungi kunda – 15 ming so‘m).

Hujjat Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 20.12.2022 yilda kuchga kirdi.

Mavzuga oid