“Otam bizni boqişga qiynalyapti”
Matluba opa tunlarni tonglarga ulab olti oyni qanday ötkazganini bilmaydi. 13 yoşli qizi Öğiloy keçalari oğriqdan uxlolmay dodlab çiqadi. Farzandi azoblanayotganini köriş esa heç bir onaga oson emas.
“9 martdan beri oqqon kasalligi bilan kuraşamiz. Şaroitim juda oğir. Tört nafar qizim bor. Oilamizda faqat turmuş örtoğim işlaydi. Fermer xöjaligida qöy boqadi. Qöli kaltalik qilib qiynalib qolyapti.
Kelgan vaqtimiz oğriqqa çidolmay dodlab çiqardi. Köziga tikilib hayotga qaytariş uçun nima qilişni bilmasdim. Xudoga şukur, hozir yaxşi”, — deydi onaizor közyoşlarini yaşirişga urinib.

Öğiloy ayni öqib-izlanadigan, dugonalari bilan maktabga boradigan va onasiga dastyor bölgan yoşda kasallik bilan kuraşib vaqt ötkazayotganidan ökinsa, bir tomondan otasini öylab qiynaladi.
“Sinfdoşlarim, öqituvçim telefon qilişadi. Qaçon maktabga çiqasan, deb söraşadi. Ular bilan birga öqigim kelyapti. Maktabimni, dugonalarimni soğindim.
Dadam ham oilamizni boqişga, ham meni dorilarim uçun pul topişga qiynalyaptilar. Tinmay işlasalar ham pullarini yetkazolmayaptilar”, — deydi Öğiloy yiğlab.
Öğiloy Ergaşevaga oid ma’lumotlar:
Uzcard: 8600 0607 4933 2921 onasi Matluba Böriqulova nomida
Humo: 9860 1201 2398 8350 otasi Xursandbek Böriqulov nomida
Manzil: Andijon viloyati, Marhamat tumani, Rohat mahallasi, Kömirçi köçasi 23-uy.
“Turmuş örtoğim bir qöl bilan oila boqyapti”

Kulfat kelsa qöşaloq keladi, deyişgani rost ekan, Muhabbatning boşiga ketma-ket musibat yoğildi. Turmuş örtoği avariya bölganidan köp ötmay öğliga limfa tugunlari raki taşxisi qöyildi. Ahvoli oğir bola bilan Toşkentga yetib keliş ham oson bölmadi.
“Nafas olmasdi, kislorodda bazör olib keldik. Eng sönggi daqiqalarda yetkazib keldik. Jonlantiriş bölimiga yotqizişdi. Ön beş kun öşa yerda davolaşdi. Keyin onkologiyadan töğri gematologiyaning jonlantiriş bölimiga ötkazişdi.










