Buxoro viloyat sudi binosida 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus şahrida sodir etilgan ommaviy tartibsizliklar böyiça 22 nafar sudlanuvçiga oid jinoyat işini oçiq sud jarayonida körib çiqiş davom etmoqda.
7 yanvar kuni sud majlisida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi Amanbay Orinbayevning körsatmalari eşitildi.
Xabarda uning qaysi savollarga javob bergani va qanday körsatma bergani keltirilmagan.
Biroq, sudlanuvçilar unga iltimos bilan yuzlanib, murojaatni prezidentga yetkazişni söragan.
«Sudlanuvçilar qilmişidan çin köngildan puşaymon ekanligini bildirib, keçirim söradilar va hurmatli prezidentimizga yetkazişni iltimos qildilar. Amanbay Orinbayev sudlanuvçilar kim bölişidan qat’i nazar Özbekiston Respublikasi fuqarolari, Qoraqalpoğiston azamatlari ekanini, ularning iltimoslarini albatta yetkazişini ma’lum qilib, sud hay’atidan sudlanuvçilarga qonun doirasida yengillik berişni söradi», deyiladi xabarda.








