Qoraqalpoğistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalariga bağişlangan yiğiliş yakunida Amanbay Orinbayevning xizmatlari eʼtirof etildi.

Unga içki işlar organlari tizimidagi köp yillik samarali mehnati, Qoraqalpoğistonni har tomonlama rivojlantiriş, aholi farovonligi, xavfsizligi va osoyişta hayotini taʼminlaş, jamiyatda mehr-oqibat, ahillik va totuvlikni asraş hamda mustahkamlaş borasidagi katta xizmatlari uçun davlat rahbari tomonidan general-mayor maxsus unvoni berildi.        

Maʼlumot uçun, Amanbay Tleubayeviç Orinbayev 2016-2017 yillarda Nukus şahar IIB boşliği bölgan. 2017-yil mayidan Qoraqalpoğiston IIV Jinoyat qidiruv boşqarmasi boşliği, 2019-yil martidan 2020-yil fevraligaça Qoraqalpoğiston Respublikasi Içki işlar vazirining jamoat tartibini saqlaş böyiça örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan. Keyingi ikki yil IIV Jamoat tartibini saqlaş xizmati boşliğining birinçi örinbosari bölgan, 2022-yil martida Qoraqalpoğiston içki işlar vaziri etib tayinlangandi.

2022-yil iyulidan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi raisining Ekologiya va Orolböyi hududlarini rivojlantiriş masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan Amanbay Orinbayev 2022-yil avgust oyida Qoraqalpoğiston Respublikasi Jöqorği Kengesi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.