Senegalda 8 yanvar, yakşanba kuni sodir bölgan YTHda 40 kişi halok böldi, 87 kişi jarohat oldi. Ğarbiy Afrikaning uşbu davlati prezidenti Maki Sal Twitter'da halok bölganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirdi, jarohatlanganlarga soğayişini tiladi va 9 yanvardan Senegalda uç kunlik motam e’lon qildi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, N1 trassasida 70 ga yaqin yölovçi bölgan ikkita avtobus töqnaşib ketgan. Hodisa avtobuslardan birining ğildiragi yorilib ketişi, natijada u qarama-qarşi yölga çiqib ketgani sababli sodir bölgan.

AFP agentligining ta’kidlaşiça, Senegalda yöllarning yomon ahvoli, şuningdek, aholi örtasida avtomobillarning qoniqarsiz holati tufayli avtohalokatlar keng tarqalgan muammo hisoblanadi.