Qoraqalpoğistonning Kegeyli tumanida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda Içki işlar vazirligi xabar qildi.

Qayd etilişiça, YTH soat 12 lar çamasida 4R-176 Nukus—Çimbay—Taxtaköpir avtomobil yölining 22−23-km oraliğida sodir bölgan. Cobalt yölning qarama-qarşi tomoniga çiqib ketib, qarşisidan kelayotgan Nexia-2 bilan töqnaşgan.

Holat oqibatida Nexia-2 haydovçisi jarohat olib vafot etgan. Şuningdek, Nexia’dagi yölovçi va Cobalt haydovçisi şifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan tuman tergov bölimi tomonidan tekşiruv ötkazilmoqda.