11 yanvar, çorşanba kuni keçqurun Los-Anjyeles va Nyu-Yorkda bölib ötgan 80-«Oltin globus» kinomukofoti marosimida Argentinaning «Argentina, 1985» filmi «Çet tilidagi eng yaxşi film» nominatsiyasida ğolib böldi.
«Oltin globus» mukofoti favoritlaridan biri bölgan nemis rejissyori Edvard Bergerning uruşga qarşi «Ğarbiy frontda özgarişsiz» filmi mukofotsiz qoldi. Şunga qaramay, u 12 mart kuni taqdim etiladigan Amerika kinosan’ati akademiyasining «Oskar» mukofotida hali ham imkoniyatga ega.
Amerikalik Stiven Spilberg «Fabelmanlar» filmi uçun eng yaxşi rejissyor sifatida mukofotni oldi.
Ostin Batler xuddi şu nomdagi filmda Elvis Presli roli uçun eng yaxşi dramatik aktyor nominatsiyasida ğolib çiqdi. Kolin Farrell «Banşi Inişerina» uçun eng yaxşi komedik aktyor deb topildi. Keyt Blanşett «Tar» filmidagi boş roli uçun «Drama yönalişidagi eng yaxşi aktrisa» deb tan olindi.
Zendaya «Eyforiya» filmidagi roli uçun «Drama serialidagi eng yaxşi aktrisa» nominatsiyasida «Oltin globus»ni qölga kiritdi.
Eng yaxşi animatsion film uçun mukofot «Pinokkio Gilermo del Toro»ga berildi.
Amerikaning «Oltin globus» kinomukofoti Hollivud xorijiy matbuot assotsiatsiyasi tomonidan 1944 yildan beri har yili yanvar oyida 90 ga yaqin xalqaro jurnalistlar ovozi asosida topşiriladi.








