Özbekiston taşqi işlar vazirligi fuqarolarga ob-havo şaroiti barqarorlaşgunga qadar Qozoğiston hududi böylab avtomobillarda va avtobuslarda harakatlanişdan voz keçişlarini tavsiya qildi.
«Özbekiston Respublikasining Qozoğiston Respublikasidagi diplomatik vakolatxonalari ma’lumotlariga köra, uşbu mamlakatning barça hududlarida noqulay ob-havo kuzatilayotgani bois avtotrassalarda kuçli sovuq tufayli qiyin vaziyatga tuşib qolayotgan fuqarolardan murojaatlar tez-tez kelib tuşmoqda.
Diplomatik vakolatxonalarimiz Qozoğiston Respublikasidagi vatandoşlarimiz hamda uşbu mamlakat tegişli idoralari bilan doimiy aloqada bölib turibdi. Fuqarolarga zarur konsullik, huquqiy va amaliy yordam körsatilmoqda.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, Özbekiston fuqarolariga ob-havo şaroiti barqarorlaşgunga qadar Qozoğiston hududi böylab avtotransport vositalari va avtobus qatnovi orqali harakatlanişdan voz keçişlarini tavsiya qilamiz.
Qozoğistonda bölib turgan Özbekiston fuqarolari Ostona şahridagi mamlakatimiz Elçixonasiga (+717 2954252), Olma-ota (+7273902616) va Aktau (+77292777117) şaharlaridagi Boş konsulxonalariga murojaat qilişlari mumkin», deyiladi vazirlik xabarida.
Bundan oldinroq Özbekistonning Oqtov şahridagi Boş konsulligi fuqarolardan sovuq havoda Qozoğiston orqali avtotransportda harakatlanmaslikni söragandi.
Eslatib ötamiz, 11 yanvar kuni Qozoğistonning Aqtöbe oblasti hududida, «Samara—Çimkent» avtomobil yölida Özbekistonning jami 69 nafar fuqarosi bölgan ikki avtobus noqulay ob-havo tufayli yölda qolib ketdi. Ular evakuatsiya qilinib, maktab va masjid binolariga joylaştirilgan. Şuningdek, Çimkent viloyati hududida «Toşkent-Almati» yönalişida harakatlanayotgan yölovçi avtobusi buzilib qoldi va undagi 34 nafar Özbekiston fuqarosiga yordam körsatilib, ular mehmonxonaga joylaştirilgan.












