Videomurojaatda saxovat uyining kadrlar bölimi boşliği, omborxona mudiri va boş hamşira tomonidan Azimjon Hakimovga bosim bölgani aytilgan.
“Murojaat qilişimga sabab şu muassasadagi kadrlar bölimi boşliği, boş hamşira va omborçi tomonidan özimga va oilam şa’niga notöğri gaplar aytişdi. Keliniga osilgan deydimi? Kelinga osilib böladimi? 68 ga kirdim. Mahallaga ham bora olmay qoldim”, – deydi murojaatçi.

Biroq, muassasada yaşayotgan boşqa keksalar biz bilan suhbatda bunday holatga duç kelmaganliklarini, Azimjon Hakimovga nisbatan bosim bölganini internetdagi murojaatdan bilişganini aytişdi.
“Beş qöl barobar emas. Bosim yöq. Bizlar indamay ötirmaymiz, kimgadir bosim bölsa, qarab turmaymiz”, – deya ta’kidladi Komiljon Turğunov.


Şu yerda istiqomat qiluvçi Mamarasul Abdurahmonov ham bosimlar bölmasligini bildirdi.
Rasmiylarga köra, qariyalar uyidagi xodimlar örtasida guruhbozlik yöq va bunday murojaat birinçi marta kuzatilyapti. Muassasaning ma’naviyat böyiça örinbosari Hafizaxon Yöldoşeva holat yuzasidan izoh berdi.

“Har bir keksaga mana şu yerda işlaydigan insonlar mehrini beradi. Hattoki ota-onasiga bermagan mehrini beradi. Xodimlar tomonidan esa bosim umuman kuzatilmaydi. Kimdir şubha qilsa, istagan payti kelib örganişi, qariyalar bilan suhbatlaşişi mumkin”, – deydi u.
Murojaatçi bir tomonda, muassasadagi qariyalar va xodimlar bir tomonda turibdi. Öylaymizki, muassasada tegişli taşkilotlar tomonidan örganiş olib boriladi va masalaga töla oydinlik kiritiladi.
Abduvali Qurbonov,
Jahongir Turğunov.







