Leopard va Challanger 2. Ukraina Ğarbdan qaçon va qança jangovar tank oladi?
|01:48 / 17.01.202319 3119 min
Polşa va Buyuk Britaniya Ukrainaga asosiy jangovar tanklar yetkazib beruvçi ilk davlatlar bölişi mumkin. Yakuniy qaror hali qabul qilinmadi, biroq davlat rahbarlari allaqaçon Kiyevga bu qurollarni topşiriş imkoniyati haqida oçiqçasiga gapirmoqda.
Leopard 2 - öz sinfidagi eng yaxşi tanklardan biri. Foto: ANADOLU AGENCY
Polşa prezidenti Anjyey Duda 4 yanvar kuni Varşava Ukrainaga önga yaqin Leopard 2 tanklarini yetkazib bermoqçi ekanini aytdi. Ammo bu masala ittifoqçilar bilan kelişib olinişi kerak. Germaniyada işlab çiqarilgan va Polşa qöşinlarida xizmat qilayotgan Leopard 2 tanklarini Ukrainaga topşiriş uçun Berlinning roziligini oliş talab etiladi.
Xuddi şu kuni Buyuk Britaniya boş vaziri Rişi Sunakning matbuot kotibi jurnalistlarga London Kiyevga harbiy yordamni kuçaytirişini va Ukrainani bu uruşda ğalaba qozonişiga yordam beradigan yangiroq, zamonaviyroq qurollar bilan ta’minlaşini ma’lum qildi.
Dauning-strit vakili, şuningdek, tanklar ukrainaliklarga front çiziğida özgarişlar qilişga yordam berişi mumkinligi va Britaniya Ukrainaga Challenger 2 tanklarini yuboriş imkoniyatini körib çiqayotganini qöşimça qildi.
London yetkazib berişni heç kim bilan muvofiqlaştirişga majbur emas, çunki uşbu tanklar Buyuk Britaniyada işlab çiqilgan va işlab çiqarilgan. Biroq bunday masalalar şubhasiz NATOdagi hamkorlar bilan baribir muhokama qilinadi.
Polşa qöşinlarida 250 dona atrofida Leopard 2 tanklari bor. Foto: Getty Images
Koalitsiya
Polşa prezidenti Anjyey Duda bölajak qurol paketi haqida Lvivda, Ukraina yetakçisi Volodimir Zelenskiy bilan uçraşuvda e’lon qildi.
Ukraina rahbari boşqa davlatlar bilan ham tank yetkazib beriş böyiça muzokaralar olib borilayotganini va yaqin kelajakda yana bir davlatdan tank yetkazib berilişi haqidagi «ijobiy signal»ni kutayotganini aytdi.
Zelenskiy, şuningdek, faqatgina bir davlatdan oğir zirhli texnika yetkazib beriş bilan frontda özgariş qilişning iloji yöqligini ta’kidladi.
«Leopard’li birgina davlatning özi bizga yordam bera olmaydi, çunki biz minglab rus tanklari bilan jang qilyapmiz», dedi u.
1970-yillar oxiridan beri jami 3,5 mingga yaqin Leopard 2 tanki işlab çiqarilgan. Ança eskiroq bölsa-da, bu tanklar bir neça çuqur modernizatsiyadan ötgan va yangiroq tanklar taktik-texnik xususiyatlari böyiça eskilaridan keskin farq qiladi.
Mavzuga oid
Challenger 2 esa nisbatan zamonaviyroq bölib, 1980-yillar örtalaridan işlab çiqarila boşlangan. Ular ança kam nusxada işlab çiqarilgan — taxminan 450 dona.
Challenger 2 - zamonaviy tank, ammo ularning jami soni 450 dona atrofida. Foto: Getty Images
Challenger 2 faqat şu turdagi tanklarda işlatiladigan «L30A1» töpi bilan jihozlangan. Bu uşbu tanklar Ukrainaga yuborilsa ular uçun alohida snaryadlar ham yetkazib beriş kerakligini anglatadi.
Leopard 2 esa silliq stvolli töp bilan qurollangan bölib, bunday töplardan boşqa tanklarda ham foydalaniladi (masalan, AQŞning M1 Abrams tankida). Bundan taşqari, uşbu töp NATOning standart tank öq-dorilarini işlatadi.
Biroq, bir neça mamlakatdan tanklarni yetkazib berişda yana bir ma’no bor. Gap şundaki, Ğarb davlatlari hozirgaça Ukrainani tanklar bilan qurollantirişga jur’at eta olmagandi, çunki ular bu qadam Rossiya tomonidan Ukrainadagi harbiy mojaroda ularning bevosita iştiroki sifatida qabul qilinişidan xavfsiragan.
Şu sababli, köplab mamlakatlar boşqa davlatlar bilan hamkorlikda yoki kimdir buni amalga oşirgandan keyin bunday yetkazib berişni boşlaşga tayyor bölib turgandi.
Germaniya hukumati vakili Şteffen Hebeştraytning Deutsche Welle telekanaliga bergan intervyusida aytişiça, Ukrainaga tanklar yetkazib beriş masalasi haligaça hal qilinmagani sabablaridan biri bu kabi yetkazib berişlar haqidagi qaror xalqaro miqyosdagi muvofiqlaştiriş va hamkorlik orqali qabul qilinadi.
5 yanvar kuni Finlandiya mudofaa vaziri Antti Kaykkonen MTV Uutisille telekanaliga bergan intervyusida agar Yevropa davlatlaridan birortasi Kiyevga tanklar yuborsa, Finlandiya ham öz Leopard 2 tanklarining bir qismini Ukrainaga berişi mumkinligini ma’lum qildi.
«Agar Yevropa Ukrainaga tanklar yetkazib beriş masalasida hozirgidan bir dyuym oldinga siljisa, Finlandiya ham bunda iştirok etişi kerak böladi. Albatta, biz köp narsa bera olmaymiz, çunki Rossiya bilan çegaradoş davlat sifatida, biz uçun öz mudofaa qobiliyatimiz doimo ustuvor ahamiyatga ega», degan vazir.
Iyun oyi boşida Ispaniyaning El Pais gazetasi mamlakat hukumati Ukrainaga zaxira omborlarida joylaşgan Leopard-2A4 tanklari partiyasini yuboriş imkoniyatini körib çiqayotgani haqida maqola çop etgan edi.
Britaniya Ukrainaga Challenger 2 tanklarini topşiriş masalasini körib çiqayotgani haqida esa, 9 yanvar kuni Sky News naşri muzokaralardan xabardor manbalariga tayanib xabar berdi.
Ukraina qaçon va qança tank oladi?
Anjyey Duda Ukrainaga bitta tank rotasi topşirilişini aytdi, bu taxminan 15 ta tank degani. Kiyevga yuboriluvçi Britaniyaning Çallenger’lari esa 10 ta bölişi aytilmoqda. Bu Ukraina olişni istaganidan ança kam.
Avvalroq Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Valeriy Zalujniy «duşmanni mağlub etiş mumkinligi», ammo buning uçun unga «300 ta tank, 600-700 ta piyodalar jangovar maşinasi, 500 ta gaubitsa» kerak bölişini aytgan edi.
Polşa va Buyuk Britaniyadan ikkita kiçik tank partiyasi yuborilişi turli mamlakatlardan Ukrainaga jangovar tanklar yetkazib berişning faqatgina bir qismi böladi. Bundan taşqari, bu birinçi partiya bölib, uni boşqalar davom ettirişi mumkin.
Tanklar yetkazib berişning aniq sanasi hali e’lon qilinmadi, ammo Duda matbuot anjumanida Polşa tank rotasi boşqa Leopard va boşqa tanklar rotalari bilan birgalikda Ukrainaga tez orada taqdim etilişiga umid qilişini aytdi.
Ukraina qurolli kuçlari uşbu jangovar maşinalarga ekipajlar tayyorlaşi uçun hali köp vaqt kerak böladi. Bu bir neça hafta davom etişi mumkin — hatto yaxşi öqitilgan tankçi ham yangi jihozlarni özlaştiriş uçun poligonda maşq qilişi lozim.
Bundan taşqari, tank bölinmalari piyodalar va qöllab-quvvatlaş qismlari bilan jangovar muvofiqlaştirişdan ötişi darkor.
Umumqöşin jangi
Ğarb tanklari ehtimol, umumqöşin operatsiyalarini ötkaziş uçun tayyorlanayotgan Ukraina armiyasining yangi bölinmalari dasturidan örin oladi. Uşbu tayyorgarlik-maşğulotlari bilan amerikalik mutaxassislar şuğullanmoqda.
6 yanvar kuni AQŞ Ukrainaga yuboriluvçi navbatdagi yordam paketiga 50 ta M2 Bradley piyodalar jangovar maşinasi kiritilişini rasman e’lon qildi.
5 yanvar kuni esa Germaniya kansleri Olaf Şolsning idorasi Berlin Ukrainaga Marder piyodalar jangovar maşinasini jönatmoqçi ekanini xabar qildi. Uşbu xabardan bir kun oldin Germaniya Bundestagi mudofaa qömitasi rahbari Mari-Agnes Strak-Zimmermann Bundesver omborlarida bunday maşinalar yetarli ekani, ammo qança maşina yuborilişining aniq miqdori hozirça noma’lumligini aytgandi.
Polşa va Buyuk Britaniya Ukrainaga yetkazib bermoqçi bölgan asosiy jangovar tanklar kabi bu maşinalar ham sovuq uruş davrida, NATO mamlakatlarining quruqlikdagi kuçlari uçun işlab çiqilgan.
AQŞ mudofaa vazirligi vakilining 9 yanvar kuni bölib ötgan brifingda ma’lum qilişiça, yangi qurollar Ukraina qurolli kuçlariga umumqöşin janglari uçun yangi qismlarni tayyorlaşni davom ettirişga imkon beradi. Uning sözlariga köra, tayyorgarlik bilan AQŞ va uning hamkorlari şuğullanadi.
«Qurollar bir masala, ulardan foydalaniş esa boşqa masala», degan Pentagon vakili.
Umumqöşin jangi köplab mamlakatlarda, şu jumladan Rossiyada qöllanadigan tuşunçadir. Bu quruqlikdagi qöşinlar tomonidan turli kuç va vositalar, jumladan, piyodalar, zirhli texnikalar, razvedka, artilleriya va havodan qöllab-quvvatlaş, havo hujumidan mudofaa, muhandislik ta’minoti va boşqa köplab vositalardan foydalangan holda jangovar harakatlarni amalga oşirişni anglatadi.
Umumqöşin jangi könikmalarini egallaş muhim va juda murakkab masala, çunki u jangovar muvofiqlaştirişni, köplab turli bölinmalarning harakatlarini mutanosiblaştirişni nazarda tutadi.
2022 yil dekabr oyida Pentagon matbuot kotibi, AQŞ Harbiy-havo kuçlari brigadasi generali Pat Rayder Ukraina askarlari umumqöşin janglarini ötkazişga qanday tayyorlanişi haqida gapirdi.
«Avvaliga biz bitta batalonni qabul qilamiz, maşğulotlar jangovar öq uziş bilan boşlanadi. Keyin otryad, vzvod va rota darajasida maşğulotlar ötkaziladi va yakunda batalon darajasidagi maşğulotlarni ötkazamiz. Şu bilan birga, juda muhim bölgan batalon ştab-kvartirasi öquv maşğulotlari ham ötkaziladi», degan Reyder.