Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Ukrainada Rossiya mağlub bölganidan keyingina tinçlik örnatilişi mumkin deb hisoblayotgan Jahon iqtisodiy forumi iştirokçilarining bayonotlariga izoh berdi.
Medvedev Rossiya yadroviy davlat va uning mağlubiyati yadro uruşiga olib kelişi mumkinligini aytdi.
«Bundan quyidagi elementar xulosa çiqariş faqirlarning xayoliga ham kelmayapti: yadro davlatining oddiy uruşda mağlub bölişi yadro uruşining boşlanişiga olib kelişi mumkin. Yadroviy davlatlar öz taqdiri boğliq bölgan yirik töqnaşuvlarda mağlub bölmagan», deb yozdi u ijtimoiy tarmoqda.
Avvalroq Germaniya kansleri Olaf Şols mintaqada tinçlik örnatilişi uçun Rossiya Ukrainadagi uruşda mağlub bölişi kerakligini aytgan edi.
Dmitriy Medvedevning «yadroviy davlatning mağlubiyati» oqibatlari haqidagi bayonoti Rossiya mudofaa doktrinasini özgartiriş niyatida ekanini anglatmaydi, dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
«Yöq, özgartirilmaydi. Bu sözlar bizning yadroviy doktrinamizga töliq mos keladi. Yadro doktrinasini öqing, u yerda bu sözlarga zid narsa yöq», dedi Peskov.









