Mohigul Sayidova rözğor yukini tortişda kömaklaşiş uçun bir neça yildan beri turmuş örtoği bilan çet elda mehnat qilardi. Oxirgi marta yurtga qaytişganida farzandini ham özlari bilan olib ketişdi. Ular öğlining oqqon kasalligi bilan oğriganidan bexabar edi.  

“Erim bilan olti yildan beri Rossiyada işlaymiz. Öğlimizni ham özimiz bilan olib ketgan edik. Lekin 3-4 kun ötib issiği kötarilib ketdi. Bolamni olib Özbekistonga qaytdim. Bir neçta joyga analiz topşirdik. Barçasining javobi bir xil çiqdi.

Oqqon şunday yomon kasallik ekan. Bolangizning qiynalayotganini körib turasiz, lekin qölingizdan heç narsa kelmaydi. Bundan yomoni bölmas ekan, ona uçun”, deydi Mohigul opa ökinç bilan.

Asadbek Almatovga oid ma’lumotlar:

Unionpay: 6262 5700 2726 7832 onasi Mohigul Sayidova nomida

Manzil: Buxoro şahri Piridastgir köçasi 14-uy 38-xonadon.

“Farzandim nogiron bölib qoladi deb qörqqandim”

Bolam oyoğini bosolmay qolgandi. Nogiron bölib qoladimi deb rosa qörqqandim. Doktorlarga rahmat, şunçalik oyoqqa turğazib berişdi.

Şifoxonada qaytalanib kelganlarni körib yuragimni qörquv bosadi. Tuzalganidan keyin yana qaytalab qolsa bolam qanday çidaydi? Oğriqning zöridan özini özi urib ketgan kunlari böldi. Rosa qiyin ekan.

Özim hamşiraman. Şu sohani tuşunganimga ikkinçi marta afsuslanyapman. Otam olamdan ötganlarida qölimdan heç narsa kelmaganidan birinçi bor hamşiraligim uçun ökingandim. Bolamning qiynalayotganini körib yordam berolmayapman. Ikkinçi marta yana şunday puşaymonlikni his qilyapman”, deydi Umida köz yoşlarini tiyolmay.

Zahro Kamolovaga oid ma’lumotlar:

Özkard: 8600 0609 1569 0037 onasi Umida Meliyeva nomida

Humo: 9860 0101 1859 6096 onasi Umida Meliyeva nomida

Manzil: Jizzax şahri “Qipçoq” MFY Boğdon köçasi 73-uy.

“Qaytalanib qolsa yomon ekan”

Muazzamga 2019 yil aprel oyida oqqon taşxisi qöyiladi. Şundan söng ota-onasi qizini davolatiş uçun uyini sotib Toşkentga kelişadi. Darddan xalos bölgan Muazzam tengdoşlari bilan öqib yurgan kunlarning birida, 2022 yilning sentabrida yana qaytalanib qoldi.