Samolyotlarning sakkiztasi A320neo va törttasi A321neo rusumlariga tegişli. Xarid qilinadigan havo kemalari Airbus Airspace saloniga ega bölib, u yölovçilarga havo transporti bozorida yuqori darajadagi qulaylikni taqdim etadi. Uzbekistan Airways aviakompaniyasi yangi havo kemalaridan yönalişlar tarmoğini yanada kengaytiriş uçun foydalanişni rejalaştirmoqda.
«Uzbekistan Airways bilan hamkorligimiz 1993 yilda boşlangan. Aviakompaniya aviaparkini kengaytiriş uçun yana A320neo oilasiga mansub havo kemalari tanlangani biz uçun katta şaraf. Biz Markaziy Osiyo mintaqasida aviataşuvlar bozori qanday rivojlanayotganini kuzatyapmiz. A320neo oilasining zamonaviy va samarali havo kemalari Uzbekistan Airways kompaniyasiga uşbu ösişdan foyda oliş va mintaqada yetakçi rollardan birini egallaş imkonini beradi», dedi Airbus kompaniyasining boş tijorat direktori va bölim boşliği Kristian Şerer.
Ma’lumot uçun: hozirgi kunda Uzbekistan Airways parkida Airbus kompaniyasining 17 ta samolyoti mavjud.








