Rossiya Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari uçun uglerod birliklarining umumiy ixtiyoriy bozorini yaratiş tarafdori. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlaniş vaziri Maksim Reşetnikov YeOII iqlim masalalariga bağişlangan seminarda ma’lum qildi. 

Uglerod birligi - ma’lum bir iqlim loyihasini amalga oşiriş natijasida atmosferaga çiqişining oldi olingan issiqxona gazlari hajmi. U SO2 ekvivalenti tonnasida ifodalangan issiqxona gazlari çiqişining ma’lum kvotasi, ularning miqdori ustidan davlat va bozor nazorati instrumenti hisoblanadi. 

Atmosferaga katta miqdorda issiqxona gazlarini çiqaradigan yirik korxonalar bunday çiqindilar böyiça limitga amal qiladi va maxsus soliq tölaydi. Ular kvotalarining ortiqça qismini maxsus uglerod bozorlarida – uglerod birliklari bilan savdo qiluvçi fond birjalarida sotişi mumkin. Mos ravişda, yetişmayotgan qismini sotib olişi mumkin.

«Biz uglerod birliklarining ixtiyoriy bozorini şakllantiriş böyiça amaliy vazifalarni belgilaşni taklif qilamiz. Buning uçun biz bir neçta masalani hal qilişimiz kerak: umumiy standartlarni kelişib oliş va bu nazoratni ittifoq doirasida ixtiyoriy şaklda joriy etişimiz lozim, bu bir. Ikkinçidan, loyihalarni kim tasdiqlaydi va şunga mos ravişda loyihalarni tekşiradigan va tasdiqlaydiganlar uçun akkreditatsiya tizimini yaratiş, şularni özaro tan oliş masalasi böyiça kelişib olişimiz kerak», dedi u. 

Vazir, şuningdek, YeOII davlatlariga iqlim böyiça kun tartibi doirasida iqtisodiy hamkorlikning asosiy yönalişlarini birlaştiruvçi hujjat tayyorlaşni körib çiqişni taklif qildi. 

YeOII taşkilotiga hozirgi kunda Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston va Rossiya a’zo. Özbekiston kuzatuvçi maqomiga ega.