Kun.uz saytida Asaka tumanida salkam 4,5 milliard sömga qurilayotgan yangi maktab binosining devorlari allaqaçon şörlagan va yorilgan, eşiklari esa töliq yopilmayotgani haqida suriştiruv e’lon qilingan edi.
Bu qurilişni amalga oşirayotgan “Odil-Xamza” xususiy korxonasi mas’uli kamçiliklar bartaraf etilişini aytgandi.
Andijon viloyati prokuraturasining xabar berişiça, korxona rahbari X.O. va boşqalarga nisbatan JKning 167-moddasi 3-qismi “a” bandi, 228-moddasi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Asaka tuman prokuraturasi dastlabki tergovni olib boryapti.
Organga köra, korxona tomonidan 2022 yilda Asaka tumanidagi ikkita mahallada suv tarmoği tortiş işlari hamda 3-sonli maktab binosini quriş işlarida haqiqatda amalga oşirilmagan 1 mlrd 756 mln sömlik iş hajmi qöşib körsatilib, budjet mablağlarini özlaştiriş yöli talon-toroj qilingan bölişi mumkin.
“Xususiy korxona rahbari X.O. budjetga yetkazilgan zararni qoplaş çoralarini körmasdan, aksinça tergov organiga kelişdan qasddan böyin tovlab kelgani sababli u majburiy tartibda keltirilib, qonunda belgilangan tartibda gumon qilinuvçi sifatida uşlangan”, – deyiladi xabarda.
Viloyat prokuraturasi tergovni nazoratga olgan. Holat atrofliça örganilib, natijalari jamoatçilikka ma’lum qilinadi, deyiladi xabarda.








