Pokistonning Peşavor şahridagi masjidda portlaş röy berişi oqibatida kamida 59 kişi halok böldi va 150 dan ortiq kişi yaralandi. Portlaş namoz vaqtida sodir bölgan, binoning bir qismi qulagan va namozxonlarning köpçiligi xarobalar ostida qolib ketgan.
Portlaş sababi aniqlaştirilmoqda, ammo çorşanba kuni namozxonlar orasida politsiyaçilar köp bölganidan kelib çiqib, rasmiylar bu qasddan sodir etilgan aksiya ekanini tusmol qilmoqda.
Maxsus xizmatlar vakiliga köra, namozxonlarning birinçi qatorida turgan terrorçi özini portlatib yuborgan. Hozirça heç bir guruh uşbu portlaş uçun javobgarlikni zimmasiga olmadi.
Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif portlaş taşkilotçilarini qoraladi va ular islom diniga aloqador emasligini ta’kidladi. «Butun xalq terrorizm tahdidiga qarşi kuraşda yagona frontda», degan u.
Portlaş kunduzgi ibodat çoğida sodir etilgan, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda hodisa oqibatida masjid devori qulab tuşgani va omon qolganlarni xarobalar ostidan çiqarib olişga töğri kelgani aks etgan.
Hozirda voqea joyida maxsus xizmatlar omon qolganlar va vafot etganlarni qidiriş işlarini olib borişmoqda.
Voqea joyi armiya va politsiya kuçlari tomonidan örab olingan, hududda sapyorlar ham iş olib bormoqda.
«Bizning birinçi galdagi vazifamiz - xarobalar ostida qolib ketgan odamlarni qutqariş», degan Peşavor politsiyasi komissari örinbosari Şafiulla Xon.
Peşavordagi ledi Reding nomidagi şifoxonada favqulodda holat e’lon qilingan - bu joyga yaradorlarni olib keliş davom etmoqda, olib kelinayotganlarning köpçiligi oğir ahvolda, şifokorlar donorlardan qon topşirişni söramoqda.
Ötgan yil martida Peşavorda şialar masjidida portlaş röy berişi oqibatida önlab kişilar halok bölgandi.
Islomobodda politsiya terrorçilik tahdidining yuqori darajasi haqida e’lon qilgan, poytaxtga kiriş va poytaxtdan çiqişda örnatilgan barça blokpostlarda tekşiruv kuçaytirilgan.








