2021 yilda e’lon qilingan prezident qarori loyihasida birinçi marta ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan va qat’iy tuzaliş yöliga ötgan mahkumlarni manzil-koloniyaga ötkaziş amaliyotini bekor qilib, ularni şartli ozodlikka çiqariş asosida probatsiya nazoratiga oliş, bunday nazoratdagi şaxslarning xatti-harakatlarini elektron braslet orqali real vaqt rejimida elektron kuzatiş tartibi joriy etilişi aytilgandi.
IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmatining Kun.uz’ga ma’lum qilişiça, 2021 yil 26 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlaş va jinoyatçilikka qarşi kuraş sohasida içki işlar organlari faoliyatini sifat jihatdan yangi bosqiçga kötariş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident farmoni bilan tasdiqlangan içki işlar organlari tizimini yanada takomillaştiriş böyiça “Yöl xaritasi” hamda 2021 yil 15 oktyabrdagi “Içki işlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarorida probatsiya xizmati nazoratidagi şaxslarning xulq-atvori ustidan monitoring qiliş uçun “elektron brasletdan foydalaniş amaliyotini joriy etiş” vazifasi yuklatilgan.
Qayd etilişiça, Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi tomonidan ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoga hukm qilingan şaxsni masofadan turib nazorat qiliş uçun elektron braslet va uşbu vositani qöllaş böyiça dasturiy ta’minot işlab çiqilgan. Elektron braslet Sirdaryo, Namangan va Jizzax viloyatlarida joriy etilib, içki işlar organlari probatsiya bölinmalari hisobida turib, ozodlikni çeklaş jazosini ötayotgan şaxslar yaşaş manzillarining turli xil geografik joylaşuvini inobatga olgan holda hamda hududlarda faol işlovçi mobil aloqa kompaniyalarida sinovdan ötkazilmoqda.
“Elektron qurilmani sinovdan ötkaziş natijalariga köra, mahkumlardan qurilmani taqib yuriş bilan boğliq noqulayliklar, uning soğliqlariga nojöya ta’siri va boşqa texnik holatlari böyiça aniqlangan kamçiliklar bartaraf etilmoqda.
Ozodlikni çeklaş tarzidagi jazoga hukm qilingan şaxslarni masofadan turib nazorat qiliş uçun elektron braslet vositasini qöllaş Jamoat xavfsizligi masalalari ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi va Probatsiya xizmati hamkorligida respublikamizning barça hududlarida sinovdan töliq ötkazilib, amaliyotga joriy etiladi”, deyiladi Kun.uz’ga taqdim etilgan rasmiy ma’lumotda.








