Toshkent viloyatida uchta tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llandi
Hokimlar aholi murojaatlari bilan ishlashda kamchilikka yo‘l qo‘ygan.

Foto: iStock
Toshkent viloyatida uchta tuman hokimiga intizomiy jazo qo‘llandi. Bu haqda viloyat hokimi Zoyir Mirzayevning 2023 yil 6 fevral kuni imzolagan farmoyishida belgilab qo‘yilgan.
Jumladan, Chirchiq shahrida va Bo‘stonliq tumanida murojaatlarning keskin ko‘paygani, murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunda belgilangan muddatlarga amal qilinmagani, shaxsiy va sayyor qabullar samarali tashkil etilmagani, tahlil va nazorat ishlariga e’tibor qaratilmagani uchun Chirchiq shahar hokimi Davron Abdulpattaxovich Hidoyatovga va Bo‘stonliq tumani hokimi Jo‘rabek Ilhomovich Ahmedovga nisbatan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Shuningdek, Xalq qabulxonalari orqali kelib tushgan murojaatlarni ko‘rib chiqib, ijobiy hal qilinishida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun Bekobod tumani hokimi Furqat Abdusalomovich Xudoyberdiyevga nisbatan ham hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llangan.
Farmoyishga asos sifatida Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 23 yanvardagi rayosati yig‘ilishi 9-son bayoni va Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandi, Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlar nusxalari keltirilgan.
Mavzuga oid

09:13
Bekobodda tabiatga 100 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazildi

10:25 / 13.02.2025
Toshkent viloyatida tabiiy qumni o‘zboshimchalik bilan qazib olganlar ushlandi

13:43 / 05.02.2025
Toshkent viloyatida yarim kilogramm gashish olib yurgan avtomashina aniqlandi

14:21 / 02.02.2025